O‘ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLARDA MEHNAT NIZOLARINI SUDGACHA HAL ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Keywords:
Kalit so'zlar: mehnat nizolari, sudgacha hal etish, vositachilik, muzokara, mehnat komissiyasi, mehnat kodeksi, huquqiy savodxonlik, ijtimoiy hamkorlik, nizolarni profilaktika qilish, mehnat madaniyati.Abstract
Annotatsiya: Mehnat munosabatlari har qanday jamiyat hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Chunki, mehnat munosabatlari inson salohiyati, bilim va kuch-g‘ayratini jamiyat taraqqiyoti foydasiga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu munosabatlar tub mohiyati bilan insonning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qiluvchi, adolatli va har tomonlama rag‘batlantiruvchi tizim tashkil qilishi zarur. Har bir davlatda, shu jumladan O‘zbekiston va undan tashqarida ham mehnat munosabatlariga oid nizolar tabiiy tarzda yuzaga chiqishi mumkin. Ammo bu nizolar adolatli, oqilona va tezkor hal etilmasa, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi ishonchga putur yetishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi va umuman, ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Shuning uchun ham har bir zamonaviy davlat ushbu munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni tezkor va shaffof tartibda, asosan sudgacha bosqichda hal qilish mexanizmlarini joriy etish va yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi.
References
1. Гражданское уложение Германии = Deutsches Burgerliches Gesetzbuch mit Einfuhrungsgestz: Ввод. законк гражд. уложению; пер. с нем.; науч. ред.: А. Л. Маковский и др. М.: Волтерс Клувер, 2004. 816 с. Раздел 3. Семейное право. С. 334-484; 584-674.
2. Grundgesetz fur die Bundesrepublik Deutschland. Основной закон Федеративной Республики Германия. Bundeszentrale fur politische Bildung. Федеративный центр политического просвещения. Текст публикуется по состоянию на декабрь 2000 г. //Бонн.
3. Гражданское уложение Германии (ГГУ) от 18.08.1896.
4. Buergerliches Gesetzbuch. Muenchen, 1996. S. 346.
5. Familienrecht. Ein Studienbuch von dr.dr. H.C. Alexander Luderitz. S. 127
6.Krisdiyanto, A., Chai, N., & Kiat, T. (2025). Effectiveness of Mediation in Resolving Business Disputes in the Digital Era. Rechtsnormen Journal of Law, 3(1), 11–21. https://doi.org/10.70177/rjl.v3i1.2066