NISHOTIY “HUSNU DIL” DOSTONIDAGI OBRAZLAR TIZIMI VA IJTIMOIY-AXLOQIY G‘OYALAR
Abstract
Mavlono Nishotiy “Husnu Dil” dostonida talqin qilgan obrazlarida insoniy fazilatlarni, xarakterli belgilarni, kamchilik va nuqsonlarni, ichki kechinmalarni zoʼr mahorat bilan tasvirlaydi. Dostondagi har bir obraz oʼziga xos xususiyatga ega. Unga berilgan nomlarda ham oʼsha obrazning fazilati yoki kamchiligi koʼrinib turadi. Masalan, Dil (Fuod) obrazida yurak harakati va xususiyati beriladi. Husn – goʼzallik, latofat va nazokat simvoli sifatida taʼriflanadi. Shuningdek, Аql, Xayol, Nazar, Noz, Mehr, Vafo, Qaygʼu, Sabr, Аnduh, Qomat, Faxr, Nomus va hokazolar obrazida ism, soʼzning haqiqiy maʼnosi, kishilardagi butun xususiyati ifodalanadi. Shoir bu obrazlar orqali real hayotdagi kishilar xarakterini, hodisalarga boʼlgan munosabatini, kurashini tasvirlab, jamiyat hayotidagi ezgulikni hurmat etishga, tinchlik, totuvlik bilan yashashga chaqiradi.
References
1. Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. -T.: 1967 yil.
2.Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. "Guliston". -1970. № 1.
3.Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy. -T.: 1976.
4.Valixo‘jaev B. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan. - Т.: 1975.
5.Abdullaev V. Nishotiy. Kitobda: Saylanma. T.: 1982.
6." O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi Toshkent, O‘zDav nashriyoti. 1945. Sharafiddinov O.II tom-
7.Abdullayev V.Xokisor va Nishotiy.-Samarqand:SamDU nashriyoti, 1960.
8.O‘zbek adabiyoti.II tom.Zohidov V.-Toshkent, 1959.