INKLYUZIV TA’LIM TIZIMI UCHUN MALAKALI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH, QAYTA VA MALAKASINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: pedagog kadrlar, malaka oshirish, qayta tayyorlash, ta’lim sifati, teng imkoniyatlar, maxsus metodika, innovatsion texnologiya, ijtimoiy hamkorlik, alohida ta’lim ehtiyoji.Abstract
Annotatsiya. Inklyuziv ta’lim tizimi zamonaviy ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda barcha bolalar, jumladan, alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar ham teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi. Bunday tizim samarali ishlashi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogning bilim va ko‘nikmalari nafaqat nazariy tayyorgarlikka, balki psixologik yondashuv, maxsus metodik usullarni bilishga ham asoslanishi zarur. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun o‘qituvchilarni zamonaviy xalqaro tajribaga mos tarzda o‘qitish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish zarur. Malakali kadrlarni yetishtirish inklyuziv ta’lim sifatini oshiradi hamda har bir bolaga teng ta’lim olish imkonini yaratadi.
References
1. Mirziyoyev, Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “2020–2025-yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4554-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2021.
5. Saidova, M. Inklyuziv ta’lim nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
6. Yuldasheva, D. Maxsus pedagogika va defektologiya asoslari. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2019.
7. Xolmatov, R. Pedagogik mahorat va kasbiy kompetensiyalar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018.