ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “MEN KIMDAN MINNATDOR BO’LAYIN, KIMDAN” SHE’RI XOTIRA, VAQT, ICHKI BOLALIK VA ONA OBRAZLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: lirik qahramon,bolalik motivi,xotira fenominoni,vaqt falsafasi,ona obrazi,poetik makon,ramziylik,metafora,kontrast,anafora,nostalgiya, Badiiy qurilma,lirik-falsafiy tafakkur,moviylik ramzi,tom ramzi,ayvon timsoli,onto- logik mushohada.Abstract
Annotatsiya: XX asrning ikkinchi yarmida rus va o’zbek adabiyotida o’ziga xos poetik qarashlarga va tafakkurga ega bo’lgan mashhur shoir Aleksandr Arkadevich Faynbergdir.U o’zining asarlarida, xoh nazmiy bo’lsin , xoh nasriy bo’lsin,inson ruhiyatini eng nozik qatlamlarigacha kirib borib ochib berishi bilan ajaralib turuvchi taniqli ijodkorlardan biri sanaladi.Uning asarlarini,ayniqsa she’rlarini o’qir ekanmiz shoir uchun tashqarida,real hayotda yuz berayotgan voqealiklardan ko’ra ichki olam,shovqinli dramatizmdan ko’ra sokin,lekin teran falsafiy mushohada ustuvor ekanligini anglaymiz.Faynberg uchun she’r-bu tasvir emas,kechinma;voqea emas, xotira;hikoya emas,ichki suhbatdir.Maqolada tahlil qilmoqchi bo’lganimiz “Men kimdan minnatdor bo’layin,kimdan” she’ri ham ana shu poetik yo’nalishning yorqin namunasi bo’lib,unda lirik qahramon o’z hayoti,bolaligi,onasi va vaqt bilan bo’lgan murakkab munosabatlarni chuqur ichki monolog ko’rinishida ifodalaydi.She’rda ajoyib badiiy qurulmalar orqali ruhiy tubsizlik falsafasi ko’rsatiladi.She’rdagi beg’ubor bolalik tasvirlari o’ta ta’sirli bo’lib, kitobxonni ham qalb tubida yashirinib yotgan bolalik xotiralariga qaytaradi.She’r kompozitsiyasi halqasimon shaklda yozilgan bo’lib she’r bitta satr bilan boshlanib xuddi shu satr bilan o’z nihoyasiga yetadi.Demak,bu maqola davomida yurorida keltirganimiz Faynberg she’r gulshanining durdonalaridan biri bo’lmish “Men kimdan minnatdor bo’layin,kimdan” she’rini batafsil tahlil qilib,undagi falsafiy qarashlarni ochishga harakat qilamiz hamda badiiy qurulmalarning ifodalangan falsafiy mushohadalarni ochib berishdagi roli kabi jihatlarga e’tibor qaratamiz.