ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “SAODAT SOHILI” SHE’RIDA ZAMONAVIY BAXT FALSAFASI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: “Saodat sohili”,baxt falsafasi,lirika,zamonaviy baxt tushunchasi,ichki izlanish,ideal va haqiqat,muhabbat va insoniy qadriyatlar.

Abstract

Annotatsiya: Aleksandr Arkadevich Faynberg o’zbek she’riyatida o’ziga xos poetik uslub va ovozga ega taniqli shoirlardandir.Uning asarlari Sharq va G’arb adabiyoti an’analarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib,o’zbek adabiyotining rivojini yangi bosqichga olib chiqishga va dunyoga tanitishga beqiyos hissa qo’shgan.Shoir o’z asarlarida zamonaviy lirikaning eng muhim xususiyatlari bo’lmish inson ruhiyatining murakkabligi,uning ongostida va qalbida tinimsiz sodir bo’luvchi ichki izlanishlar,falsasiy fikr-mulohaza va nozik ironiyani uyg’unlashtirib keng kitobxonlar ommasi olqishi,mehriga sazovor bo’lgan durdona asarlarni yozgan.Faynberg ijodida so’zning ritmik va obrazli kuchi,poetik tasvirlarning teranligi uning uslubini aniqlab beradi.Faynberg she’riyatida romantik ideal va hayotiy realizm uyg’unlashadi.Shoir o’z ijodiy yo’lida Vatan,urush,tinchlik,muhabat,sadoqat,jasorat,adolat kabi turfa mavzularda asarlar yozibgina qolmay,zamonaviy insonlarning baxt,halovat,sevgi kabi abstrakt tushunchalarga nisbatan munosabatini ham falsafiy jihatdan ochib berishga harakat qiladi va bu yo’lda ajoyib she’rlar yozadi.Ushbu maqolada ko’rib chiqmoqchi bo’lganimiz “Saodat sohili”she’ri ham ijodkorning shu yo’lda yozgan asarlaridandir.Aleksandr Faynberg o’zining “Saodat sohili” she’rida baxt,muhabbat va inson ichki izlanishlarini ochib beradi. 

References

Published

2026-02-16

How to Cite

Nurmaxmatova Firuza Rasulovna. (2026). ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “SAODAT SOHILI” SHE’RIDA ZAMONAVIY BAXT FALSAFASI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 95(1), 145-149. https://journalss.org/index.php/new/article/view/19045