ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “UNUTMA BIR MARTA CHALINAR NAVO” SHE’RINING TAHLILI
Abstract
Annotatsiya: Aleksandr Arkadevich Faynbergning serqirra,keng janrli ijodiy faoliyat yo’li bilan nafaqat o’zbek adabiyotining XX asr oxiri XXI asr boshidagi rivojiga beqiyos hissa qo’shdi,balki mana shu yangi davr milliy adabiyotida o’ziga xos hodisa sifatida namoyon bo’ldi.U milliy ruh va insoniy oliy fazilatlarni uyg’unlashtira olgan,so’zning musiqiyligini va ma’no qatlamlarini teran his etgan shoirlardan biri hisoblanadi.Faynberg adabiyoting ixlosmandlari yaxshi bilishadiki,uning she’riyatida Vatan,inson qadr-qimmati,xotira va muhabbat mavzulari markaziy mavzulardandir.Ayniqsa,muhabbat haqidagi she’rlarida u romantik hissiyotlardan ko’ra, ma’naviy hushyorlik,qalb pokligi va ruhiy mas’uliyat mavzularini ilgari suradi.Aleksandr Faynberg oddiy so’zlar bilan shunchalar ta’sirli,inson qalbiga,ruhiyatiga yaqin san’at asarlarini yaratadiki,bu asarlar o’zida insonni ma’naviy tarbiyalaydigan,uni bexos hayot haqida o’yga toldiradigan chuqur falsafiy mushohada,hayotiy misollarni jamlaydi.Lirik qahramon hayotining talqin qilinish uslubi kitobxonlarga vaqtida to’g’ri qaror qabul qilish,biror amalni bajarganda uning natijasi nima oqibatlarga olib kelishi haqida hayotiy darsni beradi.Ushbu maqolada tahlili qilmoqchi bo’lganimiz “Unutma.Bir marta chalinar navo” she’rida ham yuqoridagi keltirgan ba’zi fikrlarimiz o’z tasdiqini topadi.Bu she’rda muhabbat shunchaki tuyg’u emas,balki inson hayotidagi yagona va takrorlanmas hodisa sifatida talqin etiladi.Unda iztirob,o’ziga xos ogohlantirish,sukunat,sabr va ilohiy uyg’unlik g’oyalari so’z musiqiylik xususiyatlaridan foydalanilgan holda ochib beriladi.
References
1. O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI ALEKSANDR FAYNBERG QORALAMALAR QASIDASI she’rlar. TOSHKENT “ADABIYOT” 2021
2. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
5. https://ilmlar.uz/faynberg-aleksandr-arkadevich-hayoti-va-ijodi/
6. Usmonova D. Zamonaviy she’riyatda sevgi falsafasi va poetik obrazlar tizimi. — Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021