ALEKSAND ARKADEVICH FAYNBERGNING “BESH DAQIQA QOLDI UCHIB KETAMAN…” SHE’RIDA HIJRON VA PARVOZ FALSAFASI
Abstract
Annotatsiya: XX asr o’zbek adabiyotida o’ziga xos badiiy tafakkur va poetik uslub yaratgan,o’z badiiy asarlari bilan o’sib kelayotgan zamonaviy o’zbek adabiyotining yosh vakillariga o’rnak bo’layotgan ijodkorlardan biri Aleksandr Arkadevich Faynbergdir.U millatlararo adabiy muhitda shakllangan,rus va o’zbek madaniy-estetik an’analari tutashgan nuqtada ijod qilgan shoir sifatida o’zbek she’riyatiga yangi ruh,yangi obrazlar tizimi va zamonaviy tafakkur olib kirdi.Inson ichki kechinmalari,uning qalbida va ongostida sodir bo’layotgan hodisalar,ziddiyatlarni oddiy real voqealik manzaralari bilan teran falsafiy-badiiy uslubda chuqur qatlamlarigacha kirib borib ochib berish xususiyati Aleksandr Faynberg she’riyatining eng ajralib turadigan xususiyati sanaladi.Shoir ijodida sadoqat ,muhabbat,ayriliq,yolg’izlik kabi mavzulariga ko’p murojaat qilgan.Biroq u bu tuyg’ularni romantik tasvir shaklida emas,zamonaviy insonning ichki inqrozi,hissiy charchog’I va ma’naviy izlanishlari fonida tasvirlaydi.Faynberg lirikasi hissiy jo’shqinlik bilan bir qatorda,aqliy mulohaza uyg’unligiga ham asoslangan.Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda Faynberg lirikasida ramziylik oddiy,lekin shu she’riy sodda tilning mazmunan chuqur adabiy imkoniyatlari bor.”Besh daqiqa qoldi uchib ketaman…” misrasi bilan boshlanuvchi she’r ham ijodkorning oddiy tili orqali chuqur falsafiy qarashlarni,mulohazalarni ochib bergan.Faynberg bu she’rida kundalik hayot detallarini badiiy umumlashmaga aylantirish,zamonaviy hayot unsurlarini lirik ruh bilan uyg’unlashtirish mahoratini namoyon etadi.Mazkur maqolada shoir qalamiga mansub “Besh daqiqa qoldi uchib ketaman…” she’ri badiiy tahlil qilinadi.
References
1. Karimova N. Adabiyot va tuyg‘u estetiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti, 2020.
2. Qosimov B. Zamonaviy o‘zbek lirikasida falsafiy yo‘nalishlar. — Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019.
3. https://ilmlar.uz/faynberg-aleksandr-arkadevich-hayoti-va-ijodi/
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
5. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich