ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “SHOSHILGANIMDA HAM VISOLGA XUSHBAXT…” SHE’RI BADIIY TAHLILI
Abstract
Annotatsiya: Aleksandr arkadevich Faynberg o’zbek adabiyoti sahnasida inson ruhiyatining eng nozik xususiyatlari va murakkab,ziddiyatli jihatlarini yangicha,ijodkorning faqat o’zigagina xos bo’lgan badiiy uslub vositasida ochib bergan va shu fazilati tufayli millionlab o’quvchilar qalbidan aslo o’chmaydigan joy egallagan ijodkorlardan biri sanaladi.Uning she’rlarida inson qalbining eng nafis,nozik tuyg’ulari,sirli kechinmalari,hayotning chiroyi va murakkabliklari,shuningdek,inson hissiyotlarining samodek cheksiz, oxiri yo’qligi tasvirlanadi.Faynberg ijodiyot yo’lida insonning ichkarisida,yuragida yashirin dunyo,atrofidagi boshqa insonlarga qiladigan muomalasi,ular bilan hissiy jihatdan qanday bog’lanishi va uni o’rab turgan tabiat bilan munosabati tasviri asosiy keng tarqalgan mavzular sirasiga kiradi.Mana shu tasvirlar uning asarlariga nafaqat badiiy ruh kirgizadi,balki ularning falsafiylik darajasini oshirib,o’quvchini o’z hayotini boshdan sarhisob qilishga undaydigan haqiqiy tarbiyaviy adabiy parcha yaralishiga sabab bo’ladi.Shoir ijodining eng asosiy xususiyatlaridan biri-bu insonga va uning ruhiy dunyosiga chuqur e’tibor.Faynberg she’rlari boshqalarning baxt va g’amini o’z boshidan kechayotgandek chuqur his qilish,ularning quvonchi va qayg’usiga sherik bo’lish tuyg’usini berish orqali o’quvchi ko’ngliga yaqin va hissiy bardamlik baxshida etadi.Shu bilan birga uning asarlarida tabiat va ona Vatanga bo’lgan muhabbat,begonalik va birgalikda yashash, inson bolasining olamdagi o’rni kabi tushunchalar falsafiy jihatdan ochib beriladi.Faynbergning Ijodiy merosi boy va rang-barang.Uning butun dunyoda shuhrat qozongan she’rlari- “Visol va G’am”, “Bo’ron jaranglaydi yerosti bo’ylab”, “Saodat sohili” va shu kabi boshqa talay asarlari insonning ruhiy kechinmalari,do’stlik va sevgi,begonalik va ahillik mavzularini o’zida jamlagan.Har bir asarida mavzusidan qat’iy nazar badiiy tasvir,ritm va ohang uyg’unligi,metafora va obrazlar qo’llash orqali kitobxonlarni hayotiy va hissiy tajribaga chorlaydi.Aleksandr Faynberg tomonidan yozilgan “Shoshilganimda ham visolga xushbaxt” misralari bilan boshlanuvchi she’ri ham xuddi shunday xususiyatlarga ega.Mazkur maqola shoir qalamiga mansub mana shu she’r badiiy tahliliga bag’ishlanadi.
References
1. https://arm.samdchti.uz/library/download/692
2. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi
3. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich
4. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.
5. www.ziyouz.com — “Aleksandr Faynberg she’riy merosi” rukni ostidagi maqolalar to‘plami
6. Ruzikulova M. She’riyatda ruhiy kechinma va badiiy ifoda uyg‘unligi. — “Adabiyot nazariyasi jurnali”, №3, 2022.