“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARIDA TARBIYA VA AXLOQ G‘OYALARI
Abstract
XX asr boshlarida o‘zbek ma’rifatparvarlik harakati kuchayib, jamiyat taraqqiyoti uchun ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiyaning ahamiyati alohida ta’kidlangan davr hisoblanadi. Shu davr vakillaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy o‘zining pedagogik va ma’rifiy faoliyati bilan xalqni uyg‘otish, yosh avlodni ma’rifatli va axloqli qilib tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdi. Uning mashhur asarlaridan biri bo‘lgan Turkiy Guliston yoxud Axloq o‘zbek pedagogik fikri tarixida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur asarda muallif inson tarbiyasi, axloqiy fazilatlar, jamiyatdagi insonning o‘rni hamda komil insonni shakllantirish masalalarini keng yoritadi. Asar nafaqat o‘sha davr uchun, balki bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ham muhim manba sifatida ahamiyat kasb etadi.
References
1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. – 160 b.
2. John Dewey. Democracy and Education. – New York: Free Press, 2025. – 456 p.
3. Podlasy I. P. Pedagogika. – Moskva: Yurayt, 2023. – 576 s.
4. Yo‘ldoshev J., Hasanov S. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. – 320 b.
5. Ziyoyev H. Jadidchilik harakati tarixi. – Toshkent: Akademnashr, 2021. – 256 b.