RAQAMLI SAVODXONLIKNI BOSHLANG‘ICH SINFLARDAN BOSHLAB SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqamli savodxonlik, boshlang‘ich ta’lim, axborot texnologiyalari, AKT, media savodxonlik, interaktiv ta’lim, raqamli kompetensiya, innovatsion metodlar, axborot xavfsizligi, kreativ fikrlash.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli savodxonlikni shakllantirishning pedagogik ahamiyati, mazmuni va metodik asoslari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan yangi talablar o‘quvchilarda nafaqat texnologik ko‘nikmalarni, balki axborotni izlash, tahlil qilish, tanqidiy baholash va xavfsiz foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishni taqozo etadi. Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida raqamli savodxonlikni shakllantirishning innovatsion usullari, interaktiv yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarning samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalarning bu jarayondagi roli, raqamli muhitda o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli savodxonlikni erta yoshdan shakllantirish o‘quvchilarning intellektual salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
References
1. Ayupov R.H., Tursunov S.Q. Raqamli texnologiyalar: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. – Toshkent: Nodirabegim, 2020.
2. Namozov D.T., Narzullayeva Z. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lug‘at bilan ishlashga o‘rgatishda raqamli texnologiyalardan foydalanish // International Conferences. – 2023. – №21. – B. 484–486.
3. Umarov N.Y. Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik // PEDAGOGS. – 2023. – №46(1). – B. 165–166.
4. Toirova D. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini tarbiyalashning mazmuni // Journal of Mathematics and Informatics. – 2024.
5. Haydarova G.M., Olimboyeva Sh.H. Boshlang‘ich ta’limda ilmiy savodxonlikni rivojlantirish va raqamli dunyoni o‘rganish metodikasi // Modern Education and Development. – 2025. – №18(2). – B. 81–85.