APPENDITSIT KASALLIGI
Keywords:
Kalit so’zlar: Etiologiya, Patogenezi,Epidemiologiyasi, Patogenezi, O’tkir va surunkali appenditsit,Sitkovskiy simptomi,Rovzing simptomi,Shetkin-Blumberg simptomi.Abstract
Annotatsiya. Ko‘r ichakni chuvalchangsimon o‘simtasining yiringli yal lig‘lanishi – appendisit deyiladi. U chuvalchangsimon o‘simtaga ichak lardan, qon va limfa tomirlari orqali infeksiya kirishi sabab bo‘ladi. Najas toshlari yoki ichak parazitlari ham kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Appendisitning o‘tkir va surunkali turlari farqlanadi. O‘tkir appendisit quyidagilarga bo‘linadi. 1. Kataral – o‘simta devorlari shishib, nuqtasimon qon quyiladi. 2. Flegmonoz – o‘simtaning keskin qalinlashuvi, yuzasida fibrinoz parda, bo‘shlig‘ida yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi. 3. Gangrenoz – o‘simta shalvirab, bo‘shlig‘ida to‘q rangli, qo ramtir, yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi. Surunkali appendisitda o‘simta bo‘shlig‘i bitib, o‘simta chandiqli o‘zgargan bo‘ladi. Appendisit o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ba’zan og‘riq kindik sohasiga, so‘ngra yonbosh sohasiga o‘tib, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi. Bundan tashqari, qator klinik simptomlar ham bo‘ladi. Sitkovskiy simptomi – bemor chap biqinini bosib yotganida o‘ng yonboshi sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Rovzing simptomi – chap yonbosh sohasi kaft yoni bilan bosilsa, o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘ladi. Bundan tashqari, Shetkin–Blumberg simptomi musbat, o‘ng yonbosh sohasi qorin mushaklarining taranglashishi, haroratning ko‘tarilishi, leykositlar miqdorini 12 000–20 000 gacha ko‘tarilganligi qayd qilinadi. O‘simta yorilganda peretonit kelib chiqadi.
References
• 1. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya”A.G’. Ahmedov,G.X.Ziyamutdinova
• 2.” Odam anatomiyasi A.Ahmedov
• Internet ma’lumotlari:
• www.med.uz
• www.minzdrav.uz.