AVARIYA REJIMLARIDA ELEKTR TIZIMLARINING YUKLAMA TURLARI VA ELEKTR YOY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mamatqulov Toyir Chorshanbiyevich Author
  • Karabayev Ibragim Turdiyevich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar; Elektr yoyi, ketma-ket elektr yoy, avariya rejimi, elektr ta’minoti tizimlari barqarorligi, avtomatlashtirish, AC elektr tizimlari, ArcNet algoritmi, CNN, chuqur o‘rganish, real vaqt aniqlash

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada avariya rejimlarida AC elektr tizimlarida yuzaga keladigan ketma-ket elektr yoylarini aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Elektr yoylari elektr ta’minoti tizimlarining barqarorligi va xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ularni tezkor va ishonchli aniqlash avariyalarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot muallifning elektr ta’minoti tizimlarining avariya rejimlarida barqarorligini nazorat qilish va boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan dissertatsiya ishining bir qismi hisoblanadi.

Maqolada an’anaviy signalni qayta ishlash usullarining cheklovlari tahlil qilinib, konvolyutsion neyron tarmoqlarga (CNN) asoslangan ArcNet algoritmi taklif etilgan. Taklif etilgan yondashuv xom tok signallaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiyatlarni ajratib olish imkonini berib, oldindan qayta ishlash bosqichlarini sezilarli darajada soddalashtiradi . Model turli yuklama sharoitlarida yig‘ilgan ma’lumotlar asosida o‘qitilgan va sinovdan o‘tkazilgan.

References

1. Dang T., Le M. Frequency-domain analysis of arc faults in DC systems // Electric Power Systems Research. – 2020. – Vol. 182.

2. Telford L., Stone D. Spectral characteristics of arc faults // IEEE Transactions on Power Electronics. – 2015. – Vol. 30, №3. – P. 1234–1242.

3. Lu Y., Wang Z. Wavelet-based arc fault detection in PV systems // Renewable Energy. – 2020. – Vol. 145. – P. 123–132.

4. Chen K., Li H. Time-domain analysis of arc fault signals // IEEE Transactions on Power Delivery. – 2019. – Vol. 34, №2. – P. 567–575.

5. Goodfellow I., Bengio Y., Courville A. Deep Learning. – Cambridge: MIT Press, 2016.

6. LeCun Y., Bengio Y., Hinton G. Deep learning // Nature. – 2015. – Vol. 521. – P. 436–444.

7. He K., Zhang X., Ren S., Sun J. Deep residual learning for image recognition // CVPR. – 2016.

8. Mamatqulov T.Ch. AC elektr tizimlarida elektr yoyini aniqlash uchun CNN asosidagi algoritm // Dissertatsiya materiallari. – Buxoro, 2026.

Published

2026-03-28

How to Cite

Mamatqulov Toyir Chorshanbiyevich, & Karabayev Ibragim Turdiyevich. (2026). AVARIYA REJIMLARIDA ELEKTR TIZIMLARINING YUKLAMA TURLARI VA ELEKTR YOY XUSUSIYATLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 97(1), 388-393. https://journalss.org/index.php/new/article/view/22886