BOLSHEVIKLAR TOMONIDAN TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING ZO‘RAVONLIK YO‘LI BILAN O‘RNATILISHI VA TURKISTON MUXTORIYATINING TUGATILISHI (1917-1918-YILLAR)
Keywords:
Kalit so‘zlar: Bolsheviklar, sovet hokimiyati, Turkiston Muxtoriyati, Qo‘qon voqealari, 1917-1918-yillar, milliy ozodlik harakati, sovet mustamlakachiligi, qurolli to‘qnashuvlar, xalq namoyishlari, Xalq Komissarlari Soveti, Farg‘ona fojealari, milliy davlatchilik, muxtoriyatning tugatilishi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada 1917-1918-yillarda Turkiston o‘lkasida yuz bergan murakkab siyosiy jarayonlar, xususan bolsheviklar tomonidan sovet hokimiyatining zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘rnatilishi va Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi masalalari keng tahlil etiladi. Tadqiqotda Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinishi bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy faollik, aholining keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ommaviy namoyishlar va milliy davlatchilik g‘oyalarining kuchayishi yoritilgan. Shuningdek, sovet hokimiyatining muxtoriyatga nisbatan dushmanona siyosati, harbiy kuch ishlatish orqali Qo‘qon voqealarining yuzaga kelishi va uning fojiali oqibatlari ilmiy asosda ochib berilgan. Maqolada Turkiston Muxtoriyatining qisqa muddatli faoliyati, uning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati hamda tugatilishi natijasida milliy ozodlik harakatining yangi bosqichga o‘tishi xulosaviy jihatdan asoslab beriladi.
References
1. Turkestan a nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti. –Toshkent: Shark, 2000. –S. 152-153-154-162.
2. O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. –Toshkent: Sharq, 2000. –B. 80-81.