INGLIZ TILI DARSLARIDA INTERAKTIV TA’LIM ORQALI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: interaktiv ta’lim, kommunikativ kompetensiya, ingliz tili, innovatsion metodlar, muloqot ko‘nikmalari, rol o‘ynash, hamkorlikda o‘qitish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tili darslarida interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Globallashuv sharoitida chet tilida muloqot qila olish qobiliyati shaxsning kasbiy va ijtimoiy muvaffaqiyatining muhim omili hisoblanadi. Shu bois ingliz tili ta’limida an’anaviy yondashuvlar o‘rnini zamonaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan interaktiv metodlar egallamoqda. Tadqiqotda “Aqliy hujum”, “Debat”, “Rol o‘ynash”, “Klaster”, “Jigsaw” kabi metodlarning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli o‘rganiladi. Interaktiv ta’lim o‘quvchilarni erkin fikrlashga, hamkorlikda ishlashga, og‘zaki va yozma nutqni faol qo‘llashga undaydi. Maqolada shuningdek o‘quvchi motivatsiyasini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga asoslanib ingliz tili darslarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning samarali yo‘llari va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Abduqodirov A. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 184 b.
2. Abdullayeva Q. Chet tillarni o‘qitishda interaktiv metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 132 b.
3. Alimova R. Kommunikativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish. – Namangan: NamDU nashriyoti, 2020. – 168 b.
4. G‘ulomova M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2015. – 240 b.
5. Ergasheva M. Ingliz tilini o‘qitishda lisoniy kompetensiyani shakllantirish. – Buxoro: BDU nashriyoti, 2018. – 156 b.
6. Xasanboeva O., Tolipova J. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2014. – 304 b.