JADID AYOLLARINI QUTQARISHDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMIDAGI ISLOHATLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: jadidchilik, xotin-qizlar ta’limi, ma’rifatparvarlik, ayollar huquqlari, usuli jadid maktablari, ijtimoiy islohotlar, milliy uyg‘onish, ayol savodxonligi, tarbiya, Turkiston jamiyatiAbstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvarlarining Turkistonda xotin-qizlarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan “qutqarish” yo‘lida amalga oshirgan ta’limiy islohotlari chuqur tahlil qilinadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ayollar savodxonligining nihoyatda past darajada bo‘lgani, ularning ijtimoiy hayotdan chetda qolib, asosan uy doirasida faoliyat yuritishga majbur etilgani jadidlar tomonidan keskin tanqid qilinadi. Maqolada jadidlarning ayollar ta’limini rivojlantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga erishish g‘oyasi asosiy yo‘nalish sifatida yoritiladi. Xususan, ayolning oiladagi tarbiyaviy roli, uning ma’rifatli bo‘lishi kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir etishi ilmiy asosda izohlanadi. Shuningdek, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Is’hoqxon Ibrat kabi jadid ziyolilarining qarashlari, ularning qizlar ta’limini tashkil etish, yangi usul maktablarini ochish, ayollarni ilm va kasb-hunarga jalb etish borasidagi fikrlari izchil tahlil etiladi. Jadid adabiyotida ayollar mavzusi, ularning huquqlari va jamiyatdagi o‘rni masalasi muhim o‘rin tutgani ko‘rsatib beriladi.
References
1. Ayniy, S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. – Moskva, 1926. 12-b
2. Avloniy, A. Tanlangan asarlar: 2 jildlik. 2-jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998. – 37-b.
3. Muzaffarzoda, R. Yangi yildan eski tilaklar // Sadoi Turkiston. – 1914. – 2-yanvar. 35-b
4. Muzaffariya, S. Ayb o‘zimizda // Sadoi Turkiston. – 1914. – 23-avgust. 27-b
5. Ibrat, I. Tarixi madaniyat // O‘zFA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi. – Inv. №10117. – To‘raqo‘rg‘on, 1925. – 137-b.
6. Bir musulmon. // Turkiston viloyati gazetasi. – 1912. – 20-sentyabr. 68-b
7. Muzaffarzoda, R. Yangi yildan eski tilaklar // Sadoi Turkiston. – 1914. – 2-yanvar. 58-b