ONA TILI DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: ta’lim, motivatsiya va muammo, axborotni anglash va tahlil qilish, fikrni qayta ishlash va baholash, ijodiy qo‘llash va xulosa chiqarish, refleksiya va o‘z-o‘zini baholash, tanqidiy fikrlash.Abstract
Annotatsiya. Tanqidiy fikrlash zamonaviy ta’limning markaziy kompetensiyalaridan biri bo‘lib, pedagogik innovatsiyalar orqali samarali va tizimli ravishda rivojlantiriladi. Pedagogik innovatsiya – ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlar, metodlar, texnologiyalar va tashkil etish shakllarini joriy qilish orqali ta’lim sifatini oshirishdir. Tanqidiy fikrlashni shakllantirishda innovatsiyalar o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘quvchi va o‘qituvchi rolini qayta belgilaydi hamda bilimni uzatishdan ko‘ra, fikrni shakllantirishga yo‘naltiradi. Tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvlar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, zamonaviy ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Tanqidiy fikrlash – bu ma’lumotni tahlil qilish, baholash, asosli xulosa chiqarish va qaror qabul qilish qobiliyatidir. Ijodiy yondashuv esa muammolarni yangicha, original tarzda hal etish, yangi g‘oyalar yaratish va mavjud bilimlarni qayta tashkil etish jarayonidir. Har ikkisi birgalikda o‘quvchining mantiqiy va tasavvuriy fikrlashini rivojlantiradi, shaxsning mustaqil, innovatsion va maqsadli faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
References
1. Abdurashitova, Sh. X. (2022). Ona tili darslarida nutq o‘stirish omillari [Factors in Developing Speech in Native Language Lessons]. Zenodo. Published on 15 August 2022.
2. Adizova, N. B. Innovasion ta’limda ona tili darslarining samaradorligini oshirish [Improving the Effectiveness of Native Language Lessons in Innovative Education]. Monograph. Germany: Globe Edit, 2022. – 117 p.
3. Akhmedov R. Sh. (2020). Qualitative Development of Science Fiction in the USA. Bulletin of Gulistan State University, 1, 63-69.
4. Critical Thinking. Concepts and Tools. The Foundation for Critical Thinking. URL: cct@criticalthinking.org.
5. Levitin D. J. A Field Guide to Lies. Buyuk Britaniya. 2016. – 304 p.
6. Dilanov B.G. (2025). Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Vol. 6. No. 12.
7. Eraliyeva D. (2025). Tanqidiy fikrlash tushunchasining ilmiy-nazariy izohi va pedagogik paradigmadagi o‘rni / Namangan davlat pedagogika instituti. – Namangan: Ta’lim va taraqqiyot, 5-son. – B. 140-143.
8. Dyui J. Experience and Education. Qo'shma Shtatlar,1938. – B.91.
9. Cherry K. How Bloom's Taxonomy Can Help You Learn More Effectively. Published on June 26, 2023.
10. Pol R., Elder L. Pearson Education, 2013. – Vsego stranits. – 459 p.