STRESS SHAROITLARI TA’SIRIGA MOYCHECHAKNING FIZIOLOGIK JAVOBI
Keywords:
Kalit so‘zlar: moychechak, stress, ekologik omillar, fiziologik javob, moslashuvchanlik, antioksidant, fitogormon, osmotik bosim, adaptatsiya, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, harorat, metabolizmAbstract
Annotatsiya: Moychechak – o‘zining iqlim va ekologik omillarga yuqori darajada moslashuvchanligi, fiziologik jarayonlarining dinamikligi bilan ajralib turuvchi o‘simliklardan biridir. Bu o‘simlik tabiatda turli stress omillari, ya’ni namlik tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, yuqori harorat, past harorat, quyosh nurlarining cheklanganligi, ifloslanish, kimyoviy va mexanik bosimlar, kasallik va zararkunandalar ta’sirida tashqi va ichki muhitga moslashib, o‘z hayotiy jarayonlarini qayta tuzish xususiyatiga ega. Moychechak stress sharoitiga chidamliligi, adaptatsiya mexanizmlarining kuchliligi bilan ajralib turadi. Har bir stress omili o‘simlikning fiziologik hayot ishlari, ya’ni metabolizmi, nafas olish, fotosintez, osmotik bosim, fermentlar faolligi, suyuqlik va oziqa elementlarini so‘rish, hujayralarda suvning regulatsiyasi, antioksidant faoliyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
References
1. Abdullayeva F. B. O‘zbekiston florasi va dori-darmon o‘simliklari, Fan nashriyoti, Toshkent, 2015, 247 bet.
2. Alimov A. A. Ekologiya va o‘suvchi o‘simliklar, Sharq nashriyoti, Toshkent, 2019, 324 bet.
3. Karimov I. N., Abdullaeva M. M. Fitoterapiya asoslari va dori o‘simliklari, Iqtisod-Moliya, Toshkent, 2021, 290 bet.
4. Mamatqulov Z. H. O‘simliklar fiziologiyasi, O‘zbekiston fanlari akademiyasi nashriyoti, Toshkent, 2017, 312 bet.
5. Mirzayeva S. E. Dori-darmon o‘simliklarining ekologiyasi, Nodirabegim, Buxoro, 2016, 202 bet.
6. Rodina S. S. Fiziologiya rasteniy, Izdatel'stvo MGU, Moskva, 2018, 410 bet.
7. Safarov B. E. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi, Ukituvchi, Toshkent, 2020, 188 bet.
8. Yusupov B. R. O‘simlik ekologiyasi, Fan va texnologiya, Toshkent, 2022, 267 bet.