BOLALAR NUTQ BUZILISHLARINI LOGORITMIKA USULLARI ASOSIDA KORREKSIYALASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: logoritmika, nutq buzilishlari, maktabgacha yosh, logopediya, nutq korreksiyasi, psixomotor rivojlanish, ritm.Abstract
Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini logoritmika usullari asosida korreksiyalashning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy samaradorligi keng yoritilgan. Tadqiqotda logoritmika nutq, harakat va musiqiy ritmning uzviy integratsiyasiga asoslangan kompleks metod sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, logoritmik mashg‘ulotlarning bolalar nutq apparati, fonematik eshituv, nutq ritmi va psixomotor rivojlanishiga ta’siri eksperimental ma’lumotlar asosida o‘rganilgan.
Tadqiqot jarayonida diagnostik, korreksion va nazorat bosqichlari asosida olib borilgan amaliy ishlar natijasida logoritmika usullarining dislaliya, duduqlanish va fonetik-fonematik yetishmovchilik kabi nutq buzilishlarini bartaraf etishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Statistik tahlillar nutq faolligi, tovush talaffuzi, fonematik eshituv va nutq ritmi ko‘rsatkichlarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelganini ko‘rsatdi.
Mazkur maqola logopedlar, maktabgacha ta’lim pedagoglari hamda maxsus ta’lim mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Vygotskiy L.S. – Rech i myshleniye, 2005.
2. Luriya A.R. – Neyropsixologiya asoslari, 2006.
3. Volkova G.A. – Logoritmika, 2010.
4. Rahmonova D.X. – Logopediya asoslari, 2019.