ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASI BADIIY TAHLILI

Authors

  • Abdullayeva Ro‘zibuvi Lutfullayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qumg'on, dodho, kundoshlar, dodhoning maymuni, go'riston, Ganjiravon, paranji-chimmat.

Abstract

Annotatsiya: Abdulla Qahhor o'zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko'tardi va o'zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo'lib o'tgan voqea, real hayotning bir bo'lagi, epizodi bo'lib gavdalanadi. Hikoyalarning ko'pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda o'zi ko'rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. [Asror bobo, 2-bet]. “Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko'chirishdan iborat bo'lsa, dunyoda bundan oson ish bo'lmas edi. Hayotdan aynan ko'chirish kitobdan ko'chirishday gap. Nusxa nusxa bo'lib qolaveradi. Bundan narsalardan originallik kutib bo'lmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan o'tkazish, uni his qilish, unga o'ylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qo'shib ifodalash bilan yuzaga keladi”- deydi Abdulla Qahhor. Shu kabi “Dahshat” hikoyasi ham o‘zining kuchli badiiy tasviri bilan ajralib turadi. Asarda xotin-qizlarning o‘tmishdagi og‘ir turmushi, ularning taqdiri va ruhiy kechinmalari ta’sirchan ifodalangan. Hikoya nomining o‘ziyoq o‘quvchini o‘ziga jalb etib, asar voqealariga qiziqish uyg‘otadi.

References

1.Abdulla Qahhor. “Asror bobo” /hikoyalar to'plami. “Adabiyotimizning so'nmas yulduzlari” turkumi-T.: “ Oltin qalam”, 2023.- 160 b.

2. Qo'shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1984.- B.232

3. Qo'chqorov R. Men bilan munozara qilsangiz,-T. Ma’naviyat nashr. 1999.- B. 95

Published

2026-05-26

How to Cite

Abdullayeva Ro‘zibuvi Lutfullayevna. (2026). ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASI BADIIY TAHLILI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 101(2), 36-39. https://journalss.org/index.php/new/article/view/31408