AHOLI O’RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Authors

  • R.Y.Inatullayeva Author
  • J.Q.Qodirjanov Author
  • U.Sotivoldiyeva Author

Abstract

Kirish. Bugungi kunda inson salomatligi har qanday jamiyatning farovonligi va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Salomatlik ko'p jihatdan turmush tarziga bog'liq, ammo sog'lom turmush tarzi haqida gapirganda, odamlar birinchi navbatda zararli  odatlarning yo'qligini anglatadi. Bu, albatta, zarur, ammo yetarli shart emas.  Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti  ma'lumotlariga ko'ra, ko'plab surunkali yuqumli bo'lmagan kasalliklarning (masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, semizlik va ba'zi saraton turlari) oldini olishda STTning ahamiyati kattadir.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonining 6-ilovasida belgilangan davlat dasturida yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, aholining jismoniy faolligi darajasini ko'tarish, to'g'ri ovqatlanishni targ'ib qilish va sog'lom faol keksalikni ta'minlash ustuvor vazifalar sifatida ko'rsatib o'tilgan.                                           

Mazkur tadqiqotda Chortoq tumani aholisi orasida sog'lom turmush tarzi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik, profilaktik tibbiy ko’rik va subyektiv salomatlik ko'rsatkichlari o'rganildi. Tadqiqot natijalari respondentlarda sog'lom turmush tarzining ayrim elementlari shakllanganini, biroq muntazam jismoniy mashg'ulotlar bilan shug’ullanish, sutkalik suv iste'moli va profilaktik tibbiy ko’rik bo'yicha sezilarli bo'shliqlar mavjudligini ko'rsatdi. Mahalla darajasida sport musobaqalari, maqsadli targ'ibot va yosh-gender xususiyatlarini hisobga olgan sog'lomlashtirish tadbirlarini kengaytirish zarurligi asoslandi.

Published

2026-05-26

How to Cite

R.Y.Inatullayeva, J.Q.Qodirjanov, & U.Sotivoldiyeva. (2026). AHOLI O’RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 101(2), 40-44. https://journalss.org/index.php/new/article/view/31409