OROL DENGIZI QURIGAN TUBIDAGI GIPSLI VA SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING AGROEKOLOGIK HOLATI HAMDA FITOMELIORATSIYA IMKONIYATLARI

Authors

  • D.Yu.Maxkamova Author
  • S.Q.Mahammadiyev Author

Abstract

Orol dengizi qurigan tubida gipsning to‘planishi dengiz suvlarining ko‘p yillik bug‘lanishi natijasida sodir bo‘lgan murakkab geokimyoviy jarayonlar bilan bog‘liqdir. Dengiz suvlari tarkibidagi kalsiy va sulfat ionlari suvning bug‘lanishi jarayonida konsentratsiyalanib, ma’lum bir bosqichda kalsiy sulfati ikki suvli shakli - gips (CaSO₄·2H₂O) ko‘rinishida cho‘ka boshlaydi. Shu sababli qurigan dengiz tubida shakllangan tuproq-gruntlarda gips keng tarqalgan minerallardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, dengiz chekingan hududlarda va qoldiq botqoq zonalarda gipsli qatlamlarning shakllanishi jadal kechgan.

Orol dengizi qurigan tubida gips miqdori hududning yoshiga, litologik tarkibiga, yer osti suvlari chuqurligiga va tuz to‘planish jarayonlariga qarab o‘zgarib turadi. Yangi qurigan maydonlarda gips asosan pastki qatlamlarda to‘plangan bo‘lsa, qadimroq qurigan uchastkalarda kapillyar ko‘tarilish va bug‘lanish ta’sirida yuqori qatlamlarda ham uchraydi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Orol dengizi qurigan tubida gips miqdori o‘rtacha 10-35 % ni tashkil etadi, ayrim gipsli gorizontlarda esa bu ko‘rsatkich 40-60 % ga, ba’zan 70 % gacha yetishi mumkin.

References

1. Atoev B., Kaypnazorov J., Egamberdieva M., Makhammadiev S., Karimov M., Makhkamova D. Technology of nutriating winter wheat varieties in variety-soil-fertilizer system. E3S Web of Conferences 244, 02040 (2021).

2. Makhkamova D., Gafurova L., Nabieva G., Makhammadiev S., Kasimov U., Juliev M. Integral indicators of the ecological and biological state of soils in Jizzakh steppe, Uzbekistan. sustainable management of Earth resources and Biodiversity IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science, IOP Publishing, 1068, 012019 (2022) doi:10.1088/1755-1315/1068/1/012019.

3. Devyatova T. A., Bezler N. B., Antonyuk A. N. The influence of agricultural land and soil subtype on the microbial community of zonal soils on the example of the black earth of the stone steppe // Vestnik VSU. Series of chemistry, biology, pharmacy, 2003. No. 1. - P.46-49.

4. Gafurova L. A., Madrimov R. M., Razakov A. M., Nabiyeva G. M., Makhkamova D. Yu., Matkarimov T. R. Evolution, Transformation And Biological Activity Of Degraded Soils. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 28, No. 14, (2019). -P. 88-99.

5. Gulchekhra Nabiyeva, Dilafruz Makhkamova, Yunus Kenjaev. Microbiological activity of soils with difficult ecological conditions. E3S Web of Conferences 497, 03003 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703003.

6. FAO. Gypsum use in soil reclamation and sodic soil management. - Rome: FAO Soils Bulletin No. 62, 2017. - 156 p.

7. FAO. Reclamation of salt-affected soils in arid regions. - Rome: FAO, 2016. - 184 p.

8. Mirzajonov Q.M., Abdurahmonov B.A. Orolbo‘yi tuproqlarining meliorativ holati. - Toshkent: Fan, 2018. - 256 b.

9. Rasulov A.R. Aral Sea basin environmental changes and soil degradation processes // Central Asian Journal of Ecology. - 2020. - Vol. 2(1). - P. 33-41.

10. Shomurodov H.F., Ishchanov J.R. Soil salinization processes in the Aral Sea basin // Journal of Arid Land Studies. - 2019. - Vol. 29(3). - P. 145-158.

11. UNEP. Environmental consequences of the Aral Sea drying. - Nairobi, 2014. - 98 p.

12. UNEP/UNESCO. Desertification and land degradation in Central Asia. - Report, 2021. - 112 p.

Published

2026-06-07

How to Cite

D.Yu.Maxkamova, & S.Q.Mahammadiyev. (2026). OROL DENGIZI QURIGAN TUBIDAGI GIPSLI VA SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING AGROEKOLOGIK HOLATI HAMDA FITOMELIORATSIYA IMKONIYATLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 102(2), 42-44. https://journalss.org/index.php/new/article/view/32777