IKKI AKSIONAL XUSUSIYATLI FE’LLARNING SEMANTIK TABIATI VA TIL TIZIMIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: aksionallik, teliklik, ateliklik, limitativ neytral fe’llar, fe’l semantikasi, aspektologiya, leksik-semantik potensial, funksional-semantik maydon, kontekstual aktualizatsiya, aspektual ma’no, harakat chegarasi, kognitiv lingvistika.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada fe’llarning aksional xususiyatlari, xususan, ikki aksional xususiyatli fe’llarning semantik tabiati va ularning til tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda teliklik va ateliklik kategoriyalarining nazariy asoslari Y. Maslov, L. Bondarko, B. Comrie va Z. Vendler qarashlari asosida yoritilib, ularning aspektologik tadqiqotlardagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, B.X. Rizayev tomonidan ilgari surilgan limitativ neytral fe’llar konsepsiyasi tahlil qilinib, fe’lning aksional xususiyatlari uning leksik-semantik potensiali, kontekstual muhit va nutqiy aktualizatsiya jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari ikki aksional xususiyatli fe’llarning dinamik va ko‘p qatlamli semantik tabiatga ega ekanligini hamda ularni kontekstual-funksional yondashuv asosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Маслов Ю. С. Очерки по аспектологии. – Ленинград: Издательство Ленинградского университета, 1984. – 263 с.
2. Бондарко А. В. Теория функциональной грамматики. Введение. Аспектуальность. Временная локализованность. Таксис. – Ленинград: Наука, 1987. – 348 с.
3. Comrie B. Aspect: An Introduction to the Study of Verbal Aspect and Related Problems. – Cambridge: Cambridge University Press, 1976. – 142 p.
4. Vendler Z. Linguistics in Philosophy. – Ithaca, New York: Cornell University Press, 1967. – 203 p.
5. Rizayev B. X. O‘zbek tilida harakat fe’llarining aksional xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2009. – 168 b.
6. Rizayev B. X. O‘zbek tilida limitativ neytral fe’llarning semantik va funksional xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2011. – № 4. – B. 32–39.
7. Rizayev B. X. Fe’l semantikasi va aksionallik kategoriyasi. – Toshkent: Akademnashr, 2015. – 224 b.