NEOLOGIZMLARNING PAYDO BO‘LISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: neologizm, yangi so‘zlar, til taraqqiyoti, leksika, semantik neologizm, o‘zlashma so‘zlar, kalkalash, so‘z yasash, terminologiya, lingvistika.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada neologizmlar tushunchasi, ularning til taraqqiyotidagi o‘rni va paydo bo‘lish mexanizmlari yoritilgan. Zamonaviy jamiyatda fan, texnika, iqtisodiyot va madaniyat sohalarining jadal rivojlanishi natijasida yangi tushunchalar yuzaga kelmoqda. Ushbu tushunchalarni ifodalash uchun tilning lug‘at tarkibi yangi so‘zlar bilan boyib boradi. Neologizmlar tilning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri bo‘lib, ular turli usullar orqali shakllanadi. Maqolada neologizmlarning so‘z yasash, o‘zlashma, semantik o‘zgarish, kalkalash va qisqartirish usullari asosida paydo bo‘lishi tahlil qilingan.
References
1. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqotlar nazariyasi. – Toshkent: Yangi Nashr, 2022. – 318 b.
2. Yo‘ldoshev B. Leksikologiya va semasiologiya asoslari. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. – 287 b.
3. Mengliyev B.R., Xudoyberganova D.X. O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2023. – 340 b.