YANGI O’ZBEKISTONDA ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR OLIB BORILAYOTGAN TUB ISLOHOTLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: UNICEF; Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti; BMT; UNFPA; PF–60 sonli Farmon; Aholishunoslik jamg‘armasi; inson papillomavirusi; salomatlik volontyorlari.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ona va bola salomatligini mustahkamlash masalalari, xalqaro tashkilotlarning bu boradagi vazifalari hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy skrining anjomlarini sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etish, Yurtboshimizning tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlarida belgilangan ustuvor vazifalar hamda ayollarning xavfsiz onalik huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yozgi maktab” tashabbusi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida GRETL dasturi yordamida vaqtli qatorlar tahlili amalga oshirilib, demografik va sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlarini baholashda ARIMA modelidan foydalanilgan. Maqolada “Aholi salomatligi – 2030” dasturi, “Oilaviy salomatlik maktabi” loyihasi hamda Nukus shahridagi “Jeketerek” mahallasida olib borilayotgan jamoatchilikka asoslangan sog‘liqni saqlash amaliyotlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ona va bola salomatligini yaxshilashda ilmiy asoslangan yondashuvlar va xalqaro hamkorlikning muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
References
1.Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (WHO). Maternal Mortality: Key Facts. Geneva, 2023.
2. World Health Organization. Newborns: Improving Survival and Wellbeing. Geneva, 2022.
3. UNICEF. Child Mortality Report: Global and Regional Trends. New York, 2023.
4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangilangan umumiy mamlakat tahlili: O’zbekiston United Nations Uzbekistan. Mart 2021-yil
5.O’zME.Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil