TOKNI XOMTOK QILISHNING HOSILDORLIK VA MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Tok, xomtok qilish, uzumchilik, hosildorlik, mahsulot sifati, agrotexnika, novdalarni siyraklashtirish, rezavor, shakar miqdori, quyosh nuri, shamollanish, uzum hosili, o‘simlik rivojlanishi, samaradorlik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada tok o‘simligida xomtok qilish agrotexnik tadbirining hosildorlik va uzum mahsuloti sifatiga ta’siri yoritilgan. Xomtok qilish jarayonida ortiqcha novdalar, barglar va hosilsiz shoxlarning olib tashlanishi natijasida o‘simlikning oziqa moddalaridan samarali foydalanishi ta’minlanadi. Bu esa uzum boshlarining yaxshi shakllanishi, rezavorlar hajmining kattalashishi hamda shakar miqdorining ortishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tok tuplarining shamollanishi va quyosh nuri bilan ta’minlanishi yaxshilanib, kasallik va zararkunandalar tarqalish xavfi kamayadi. Tadqiqot natijalari xomtok qilishning meva sifati, hosilning bir maromda pishishi va umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur agrotexnik usul uzumchilikda yuqori va sifatli hosil yetishtirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
References
1. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo‘jayev O.Q. Mevachilik va uzumchilik. – Toshkent: “Navro‘z”, 2018. – 312 b.
2. Ostonaqulov T.E. Uzumchilik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2009. – 256 b.
3. Buriev X.Ch., Jumaev R.J. Meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi. – Toshkent: Mehnat, 2017. – 284 b.
4. Bo‘riyev X.Ch., Jo‘rayev R.J., Alimuhamedov S.N. Mevachilik va uzumchilik. – Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2010. – 264 b.
5. Karimov A.A., Abdullayev X.A. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash agrotexnologiyasi. – Toshkent: Fan, 2016. – 288 b.