JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA TAMOYILLARI

Authors

  • Tursunov Jasurbek Ruslan o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Jinoiy huquq, qonuniylik tamoyili, qasos, jazolash vakolati, huquq tarixi, ayblilik tamoyili, insonparvarlik.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada jinoyat  huquq tushunchasining tarixiy taraqqiyot jarayonini, uning huquq tizimidagi o‘ziga xos va o‘rnini bosib bo‘lmaydigan ahamiyatini hamda zamonaviy huquqiy davlatning asosiy poydevorini tashkil etuvchi universal tamoyillarni har tomonlama tahlil qiladi. Jinoyat huquq jamiyatda huquqiy tartibotni saqlash va shaxs huquqlarini davlatning hukmron kuchi qarshisida himoya qilish vazifasini bajaruvchi eng muhim ommaviy huquq tarmoqlaridan biridir. Maqoalaning  birinchi qismida “xususiy qasos” va “qasos tamoyili” kabi ibtidoiy jazolash usullaridan zamonaviy jinoiy huquqning insonparvar va qonuniy asoslariga o‘tish bosqichlari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shu bilan birga, Rim huquqi, Islom huquqi hamda Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan, Ch. Bekkaria va J. Bentamning jinoiy huquqning shakllanishi va dunyoviylashuvidagi o‘rni tahlil qilinadi.  Maqolaning ikkinchi qismida jinoyat  huquqning huquqiy mohiyati, ya’ni davlatning jazolash vakolati va huquqiy qadriyatlarni himoya qilish funksiyasi ko‘rib chiqiladi. Yakuniy qismda esa jinoiy adliya tizimining asosini tashkil etuvchi qonuniylik, ayblilik, javobgarlikning shaxsiyligi va insonparvarlik tamoyillari xalqaro inson huquqlari standartlari nuqtai nazaridan sharhlanadi.

Maqola xulosasining natijasiga ko‘ra, jinoyat  huquq nafaqat davlatning majburlov chorasi, balki adolatni ta’minlash va inson qadr-qimmatini himoya qilishga xizmat qiluvchi huquqiy mexanizm ekanligi asoslab beriladi. Ilmiy manbalar va doktrinal qarashlar asosida tayyorlangan ushbu maqola nazariy hamda amaliy jihatdan muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Beccaria C. Jinoyatlar va jazolar haqida. – Ankara: İmge Kitabevi, 1764.

2. O‘zgench İ. Jinoiy huquq. Umumiy qism. 19-nashr. – Ankara: Seçkin Yayıncılık, 2023.

3. Koca M., Üzülmez İ. Turk jinoiy huquqi. Umumiy qism. – Istanbul: Seçkin Yayıncılık, 2022.

4. Artuk M.E., Gökcen A., Yenidünya A.C. Jinoiy huquq. Umumiy qism. – Ankara: Adalet Yayınevi, 2021.

5. Donay S. Jinoiy huquqning tarixiy rivojlanishi va Ma’rifat davri mutafakkirlari // Istanbul universiteti Huquq fakulteti jurnali. – 2018. – №76(2). – B.115–140.

6. Roxin C. Strafrecht Allgemeiner Teil: Grundlagen. – München: C.H. Beck, 2006.

7. Foucault M. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. – New York: Pantheon Books, 1975.

8. Yılmaz E. Islom jinoiy huquqi va uning zamonaviy huquq tamoyillari bilan qiyosiy tahlili. – Ankara: Akçağ Yayınları, 2020.

Published

2026-06-29

How to Cite

Tursunov Jasurbek Ruslan o‘g‘li. (2026). JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA TAMOYILLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 104(1), 7-11. https://journalss.org/index.php/new/article/view/35494