BOSHLANG‘ICH SINFLARDA EZOP MASALLARINI MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI (“TOSHBAQA BILAN CHAYON” MASALI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: modulli ta’lim texnologiyasi, boshlang‘ich ta’lim, xorijiy adabiyot, Ezop masallari, “Toshbaqa bilan chayon”, o‘qish savodxonligi, kitobxonlik madaniyati, badiiy matn tahlili, kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda xorijiy adabiyot namunalarini, xususan Ezopning “Toshbaqa bilan chayon” masalini modulli ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda modulli ta’limning o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, kitobxonlik madaniyati, mustaqil fikrlashi va matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Masal qahramonlarining fazilat va illatlarini modul asosida o‘rganish, savol-topshiriqlar tizimi orqali o‘quvchilarning obrazlarga munosabat bildirish, voqealarni baholash va mustaqil xulosa chiqarish kompetensiyalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, masalni ifodali o‘qish, badiiy matnni tahlil qilish hamda tarbiyaviy ta’sirni tabiiy tashkil etishning metodik jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari modulli ta’lim texnologiyasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy sifatlar, kitobxonlik madaniyati va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.
References
1. Safarov O. O‘zbek bolalar adbiyoti tarixiy mundarijasini belgilashga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1998. 6. - B.63.
2. Safarov O. Bolalar adabiyoti va folklor //O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2003. - ¹6. - B.20.
3. Umurzoqov R. XX asr o‘zbek qissachiligida bola obrazi // SHarq yulduzi. - Toshkent, 2014. - ¹4. - B.54
4. O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. 2 jildlik (to‘ldirilgan uchinchi nashr). Nazm. 1-qism - Toshkent: CHo‘lpon nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2017. - 288 b.
5. https://gisconf.com/inde x.php/BGESF/article/download/1712/1719/5106
7. 4-sinf “O‘qish savodxonligi” I qism darslik. Toshkent 2023.
8. Karimova Sh. Bolalar adabiyoti. Darslik, Toshkent, 2025. 426 b.