O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING TASNIFI VA UNI MUSIQA TA’LIMIDA O‘RGATISHNING ILMIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI (Q. B. Panjiyevning “O‘zbek xalq musiqa ijodi” o‘quv qo‘llanmasi asosida
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘zbek xalq musiqasi, xalq qo‘shiqlari, aytim, folklor, mahalliy uslub, oilaviy marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, mavsumiy qo‘shiqlar, musiqa ta’limi, etnomusiqashunoslik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Q. B. Panjiyevning “O‘zbek xalq musiqa ijodi” o‘quv qo‘llanmasi asosida o‘zbek xalq qo‘shiqchilik ijodiyotining tasnifi, mahalliy uslublar tizimi, musiqiy-she’riy tuzilishi va ularni musiqa ta’limida o‘rgatishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq qo‘shiqlari faqat badiiy-estetik hodisa emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, mehnat faoliyati, marosim madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini saqlovchi muhim ijtimoiy-madaniy manba sifatida talqin etiladi. Muallif qo‘llanmada o‘zbek xalq qo‘shiqlarini oilaviy marosim, mehnat, mavsumiy, diniy va erkin mavzuli aytimlar doirasida tizimlashtiradi. Shuningdek, qo‘llanmada 1965–2010-yillar davomida olib borilgan musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijalari, mahalliy aholi orasida amaliy “iste’mol”da bo‘lgan kuy-qo‘shiqlar va ularning etnologik hamda etnografik jihatlari yoritilgan. Maqolada mazkur manbaning oliy ta’lim muassasalarida “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talabalarini xalq musiqa merosi bilan tanishtirish, ularning etnomusiqiy tafakkurini rivojlantirish va ijrochilik kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni asoslanadi.
References
1. Панжиев Қ. Б. Ўзбек халқ мусиқа ижоди: ўқув қўлланма. – Тошкент: Innovatsiya-Ziyo, 2022. – 210 б.
2. Кароматов Ф. М. Ўзбек халқ мусиқа мероси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1978.
3. Кароматов Ф. М. Узбекская домбровая музыка. – Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1962.
4. Иброҳимов О. А. Ўзбек халқ мусиқа ижоди. – Тошкент: Мусиқа, 1994.
5. Ражабов И. Мақомлар масаласига доир. – Тошкент: Ўздавнашр, 1963.
6. Юнусов Р. Ю. Ўзбек халқ мусиқа ижодиёти. – Тошкент: Ўқитувчи, 2000.
7. Маннопов С. Ўзбек халқ мусиқа маданияти. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004.
8. Тоштемиров Н. Жиззах вилояти ўзбек халқ қўшиқчилик ижодиёти. – Тошкент, 2010.
9. Панжиев Қ. Б. Сурхондарё вилояти ўзбек халқ қўшиқчилик ижодиёти: санъатшунослик фанлари номзоди диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2010. – 20 б.