“XODIMLARNING DAROMADLARI” (19-son BHXS) STANDARTINI AMALYOTDA QO‘LLASH MASALALARI (“INVEST FINANCE BANK” XOATB MISOLIDA)
Abstract
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti institutlari tobora mustahkamlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, moliya tizimida islohotlarni chuqurlashtirish hamda xalqaro standartlarga moslashish jarayonida bank-moliya sektorining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga muvofiq yuritish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan xalqaro moliyaviy hisobot standartlari tizimi moliyaviy axborotning shaffofligi, aniqligi va ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Xodimlarning daromadlari standartini amaliyotda qo‘llash masalalari, ya’ni xalqaro standartlar bo‘yicha xodimlarning mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini hisobga olish, ayniqsa bank sohasida nihoyatda muhimdir. Chunki bank faoliyatining asosiy kuchi inson resurslarida, ularning malakasi, tajribasi va mehnatidan samarali foydalanishda namoyon bo‘ladi. Shu bois xodimlarning daromadlarini hisobga olishda xalqaro standartlarga rioya etish nafaqat moliyaviy hisobotlarning sifatini yaxshilaydi, balki xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat samaradorligini oshirishda ham muhim omil hisoblanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobot tizimini xalqaro standartlarga o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va farmonlari.
3. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari to‘plami. – London: IFRS Foundation, 2022.
4. Karimov A., Bozorov O. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021.
5. Umarov B. Buxgalteriya hisobi va audit asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
6. Miller P., Power M. Accounting, Organizations, and Institutions. – Oxford University Press, 2019.
7. Nobes C., Parker R. Comparative International Accounting. – Pearson Education, 2020.