YURIDIK TA’LIMDA KLASTERLASH TIZIMI: KONSEPSIYA, MODELLARI VA PRINSIPLARI

Authors

  • Aminov Dalerjon Alisher o‘g‘li Author

Abstract

Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlarida yurisprudensiya sohasida zamonaviy talablariga javob bera oladigan malakali kadrlar tayyorlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yuridik ta’lim tizimi, avvalo, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga, talabalar kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda huquqiy xizmatlar sohasida innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga yo‘naltirilmoqda. Shu yo‘nalishda keyingi yillarda huquqiy ta’limning rivojlanishida klaster modellari joriy etila boshlandi.

 Dastlab “klaster” atamasi iqtisodiy nazariyada qo‘llanilib, jahon olimlaridan M. Porter tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan[1]. Uning ta’rificha, klaster -muayyan hudud yoki sohada o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, ta’lim va ilmiy muassasalarning yagona ekotizimda samarali hamkorlik qilishi asoslangan modeldir. Iqtisodiyotda klasterlash raqobatbardoshlikni oshirish, innovatsiyalar joriy etish va resurslardan samarali foydalanish imkonini berdi. Bu g‘oyaning ta’lim sohasiga, xususan, yuridik ta’limga moslashtirilishi muhim konseptual ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy sharoitda huquqshunoslar tayyorlash jarayoni faqat nazariy bilim berish bilan cheklanmay, balki amaliy ko‘nikmalar, huquqiy xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlar hamda davlat va jamiyat ehtiyojlariga javob bera oladigan malakali kadrlarni yetishtirishni talab etmoqda.

 

[1] Porter, M. E. (1998). Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2020-yil 29-aprel PQ–5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida””gi qaror

2. Porter, M. E. (1998). Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review. URL: https://hbr.org/1998/11/clusters-and-the-new-economics-of-competition

Internet manbalar:

1. www.lex.uz

2. www.hbr.org

3. www.reuters.com

4. www.english.kookmin.ac.kr

Published

2025-09-12

How to Cite

Aminov Dalerjon Alisher o‘g‘li. (2025). YURIDIK TA’LIMDA KLASTERLASH TIZIMI: KONSEPSIYA, MODELLARI VA PRINSIPLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 84(1), 226-229. https://journalss.org/index.php/new/article/view/859