АСОИ–СКУВ va “Map-kom” TIZIMLARINING IQTISODIY TAQQOSLANISHI
Keywords:
Kalit so’zlar: Gidrotexnika inshootlari, АСОИ-СКУВ, aholiga xabar berish tizimi, “Map-kom” qurilmasi, iqtisodiy samaradorlik, xarajat–foyda koeffitsienti, telekommunikatsion kanal.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish tizimlarini takomillashtirishga doir amaldagi АСОИ va СКУВ tizimining Sardoba suv ombori misolidagi texnik va iqtisodiy samaradorligi baholanib, uning energiya ta’minoti, funksional barqarorligi va ekspluatatsiya xususiyatlaridagi cheklovlar aniqlangan. “Map-kom” qurilmasining avtonom energiya manbaiga asoslangan yangi yechimi bilan taqqoslash natijasida umumiy kapitallashgan xarajatlarning 69,8 % ga kamayishi, bir punkt bo‘yicha xarajatning 72,4 % ga qisqarishi va xarajat–foyda koeffitsientining 3,3 baravarga tengligi aniqlanadi. Shuningdek, avtonom quyosh panellari, rezerv aloqa kanali va past ekspluatatsiya talablariga ega “Map-kom” tizimi nafaqat gidrotexnika inshootlarida balki keng tarmoqli xavfsizlikni oshirish hamda aholiga o‘z vaqtida xabar berish samaradorligini kuchaytirish uchun iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiq yechim ekanligi ilmiy asosda asoslab berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining O‘zMSt 520:2025 “Fuqarolarni himoya qilish. Aholiga favqulodda vaziyatlar haqida erta xabar berish va axborot tizimi”. – Toshkent: O‘zstandart agentligi, 2025.
2. Azizov, B., Abdurahmonov, N. “Favqulodda vaziyatlarda axborot almashinuvi va ogohlantirish tizimlarining samaradorligini baholash metodlari”.
3. Turayev, S., Normurodov, J.“Gidrotexnika inshootlarida xavfsizlik monitoringi va erta ogohlantirish tizimlari”. – Toshkent irrigatsiya universiteti ilmiy jurnali, 2021.
4. Vikipediya. "Libya – Derna shahri toshqini, 2023-yil". https://en.wikipedia.org/wiki/Derna_floods_2023
5. Gazeta.uz. "Libya – Derna shahri toshqini va uning oqibatlari". https://gazeta.uz
6. “Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar taxlili” Tillayev Sherzod Amirbek o’g’li, Musayev Ma’rufjon Nabiyevich (Advances in Science and Sustainability, 2025, 29–30)