TURLI MADANIYATLARDA QAYNONALAR HAQIDAGI IJTIMOIY TASSAVURLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Qaynona kelin munosabati, madaniy qadriyatlar, patriarxal oila tizimi, gender roller, shaxslararo muloqot madaniyatiAbstract
Annotatsiya. Har bir xalqning oilaviy tuzilmasi, undagi rollar va munosabatlar tizimi o‘ziga xos madaniy qadriyatlarga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan qaynona obrazi ko‘plab jamiyatlarda muhim ijtimoiy ramz sifatida shakllanib, oilaviy hayotning ajralmas elementiga aylangan. U ko‘pincha oilaviy tajriba va donolik timsoli, avlodlar o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa sifatida e’tirof etiladi, biroq ayrim hollarda kelin–qaynona o‘rtasidagi tarbiyaviy yoki maishiy kelishmovchiliklar sababli ziddiyat manbai sifatida ham talqin qilinadi. An’anaviy oilalarda esa qaynonaning mavqei odatda yuqori bo‘lib, u oilaning boshqaruvchisi, kelinning moslashuvi va tarbiyasiga mas’ul shaxs sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalarida, jumladan Sharq, G‘arb va Afrika jamiyatlarida qaynonalarning mavqei, kelin–qaynona munosabatlarida shakllangan me’yorlar, avlodlararo ziddiyatlarning madaniy ildizlari hamda bunday holatlarni yumshatish strategiyalari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Ushbu tadqiqot mazkur farqlarni o‘rganish orqali qaynonalarga oid ijtimoiy tasavvurlarni madaniyatlararo nuqtai nazardan tahlil qiladi hamda ularning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, ijtimoiy va an’anaviy omillarni yoritadi.
References
1. Abu-Lughod, L. (1999). Veiled Sentiments: Honor and Poetry in a Bedouin Society. University of California Press.
2. Al‐Hassan, S. (2017). Family relations and women’s roles in Arab patriarchal communities. Journal of Middle Eastern Studies, 53(4), 612–628.
3. Çelik, A. (2019). Traditional family structure and female roles in Turkish society. Anadolu Social Sciences Review, 11(2), 45–58.
4. Friedl, E. (1989). Women and the Family in Rural Iran. Syracuse University Press.
5. Hofstede, G. (2001). Culture’s Consequences: Comparing Values, Behaviors, Institutions, and Organizations Across Nations. Sage Publications.
6. Axmedova, Z. (2015). Oila psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
7. Karimova, N. (2018). Oila va shaxs rivojlanishi. Toshkent: Fan va texnologiya.
8. Rustamov, B. (2020). Oila ierarxiyasi va avlodlararo munosabatlar. Psixologiya va ijtimoiy ishlar jurnali, 2(3), 45–53.
9. Qodirov, S. (2017). Kelin-qaynona munosabatlari va oilaviy konfliktlarni boshqarish. Toshkent: Sharq nashriyoti.
10. Toshpulatov, A. (2019). Madaniyatlararo oilaviy munosabatlar. O‘zbekiston psixologik ilmiy jurnali, 4(1), 12–24.