O‘SMIRLARDAGI DEVIANT XULQNING PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY ASOSLARI

Authors

  • Butayeva Umida Alibayevna Author
  • Tugalova Malika Erkinboy qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Deviant xulq, o‘g‘rilik, vandalizm, erta jinsiy munosabatlar, internetga qaramlik, virtual agressiya, o‘ziga zarar yetkazish, depressiv xulq.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘smirlardagi deviant xulqning psixologik, ijtimoiy va madaniy omillari tahlil qilingan. O‘smirlik davrida yuz beradigan gormonal o‘zgarishlar, emotsional beqarorlik, identifikatsiya inqirozi va shaxsiy ehtiyojlar ham deviant xulqqa moyillikni kuchaytirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, oiladagi nosog‘lom muhit, tengdoshlar guruhi bosimi, maktabdagi muvaffaqiyatsizliklar va ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri deviant xulq shakllanishida muhim o‘rin tutishi yoritilgan. Tadqiqot o‘smirlar o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan deviant xulq turlari — agressiya, intizom buzilishi, giyohvand moddalar sinovi, vandalizm va o‘ziga zarar yetkazish kabi holatlarni ham ko‘rsatib o‘tadi. Maqolada deviant xulqning oldini olishda oila, maktab va jamiyatning birgalikda kompleks yondashuvi zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu ish o‘smirlik psixologiyasi, pedagogika va ijtimoiy ish sohasida amaliy ahamiyatga ega.

References

1. Abdurasulova G.R. (2012). Yoshlar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

2. Zokirova M. (2018). Yosh davrlari psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya.

3. Ergashev I., & Hamidov A. (2019). Pedagogik psixologiya. Toshkent: Turon-Iqbol.

4. Karimova V. M. (2010). Oila psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

5. Shermuhamedova N. (2020). O‘smirlik davrida psixologik inqirozlar va ularning ijtimoiy omillari. Psixologiya va pedagogika jurnali, 4(2), 45–52.

Published

2025-12-12

How to Cite

Butayeva Umida Alibayevna, & Tugalova Malika Erkinboy qizi. (2025). O‘SMIRLARDAGI DEVIANT XULQNING PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY ASOSLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 90(3), 3-9. https://journalss.org/index.php/new/article/view/9773