Badiiy tarjimada atoqli otlarning semantik yukini saqlash masalasi: qiyosiy tahlil
Keywords:
Atoqli otlar, badiiy tarjima, semantik ekvivalent, fonetik moslashuv, madaniy konnotatsiya, fantastik adabiyot.Abstract
Ushbu maqola J.K. Roulingning “Harry Potter” asaridagi atoqli
otlarning badiiy tarjimada semantik yukini saqlash masalasiga bag‘ishlangan. Atoqli
otlar tilning leksik birliklari sifatida shaxs, joy yoki ob’ektni nomlash vazifasini
bajaradi, biroq badiiy matnda ular qo‘shimcha ma’no, stilistik va madaniy qatlamlarni
yetkazuvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega. Fantastik adabiyotda atoqli otlar
nafaqat matnning identifikativ funksiyasini ta’minlaydi, balki asarning badiiy-estetik
xususiyatlarini boyitadi va o‘quvchiga muallifning lingvistik va madaniy niyatini
yetkazadi. Badiiy tarjimada atoqli otlarning tarjimasi ko‘plab murakkab masalalarni
yuzaga keltiradi. Turli tillardagi tarjimalarda semantik yukning saqlanishi, fonetik
moslashuv, madaniy konnotatsiyalar va stilistik qatlamning ta’minlanishi bir vaqtning
o‘zida amalga oshirilishi kerak. Shu jihatdan, atoqli otlarni tarjima qilish masalasi
lingvistik va madaniy nuqtai nazardan dolzarb hisoblanadi va zamonaviy
tarjimashunoslik tadqiqotlarida keng e’tibor qaratiladi. Maqola davomida atoqli
otlarning ingliz, o‘zbek va arab tillaridagi tarjimalari qiyosiy tahlil qilinadi, semantik
yukning saqlanishi va o‘zgarishi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari badiiy tarjimada
atoqli otlarning semantik, stilistik va madaniy qatlamlarini saqlashning samarali
yondashuvlarini aniqlashga xizmat qiladi.
References
1. Baker, M. (2018). In other words: A coursebook on translation (3rd ed.).
Routledge.
2. Newmark, P. (1988). A textbook of translation. Prentice Hall.
3. Rowling, J.K. (1997–2007). Harry Potter series. Bloomsbury.
4. Qo‘chqarova, Sh. (2024). Tarjima jarayonidagi madaniy tafovutlar va ularning
yechimlari.