PARAFRAZLASH VA QISQARTIRIB YOZISH KO’NIKMALARINI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI
Keywords:
parafrazlash, qisqartirib yozish, summarizing, akademik yozuv, ko’chirmachilikning oldini olish, tanqidiy fikrlash, o‘qish savodxonligi, til o‘rgatish metodikasi, matn tahlili, pedagogik strategiyalar.Abstract
Ushbu maqolada parafrazlash va qisqartirib yozish ko‘nikmalarini o‘rgatishning
samarali usullari tahlil qilinadi. Mazkur ko‘nikmalar akademik yozuv, matnni
tushunish va mustaqil fikrlash jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Parafrazlash bu matn mazmunini o‘zgartirmagan holda uni boshqa so‘z va grammatik
tuzilmalar bilan qayta ifodalash jarayonini o’z ichiga olsa, qisqartirib yozish esa
matnning asosiy g‘oyalarini ajratib, uni ixcham shaklda bayon qilishdan iboratdir. Bu
maqolada yuqorida aytilgan ikki ko‘nikmani o‘rgatishdagi asosiy muammolar,
o‘quvchilarning keng uchraydigan xatolari va o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar
yoritiladi. Tadqiqot natijalari parafrazlash va qisqartirib yozish ko‘nikmalarini
shakllantirish o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, ko’chirmachilikning
oldini olish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va akademik kompetensiyalarni
mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatib beradi.
References
Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. Longman, 2007.
Nation, I. S. P. & Macalister, J. Language Curriculum Design. Routledge, 2010.
Brown, H. D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language
Pedagogy. Pearson Education, 2014.
Nunan, D. Practical English Language Teaching. McGraw-Hill, 2003.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Chet tillarini o‘qitish metodikasi
bo‘yicha tavsiyalar, Toshkent, 2021.
Williams, J. M. Style: Lessons in Clarity and Grace. Pearson, 2010.