SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLARNING ASOSIY TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI.
Keywords:
soliq huquqbuzarligi, yashirin iqtisodiyot, soliqdan bo‘yin tovlash, soliq ma’murchiligi, norasmiy bandlik, soliq yuki, raqamlashtirish, soliq auditi, fiskal siyosat.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga jiddiy
to‘siq bo‘layotgan soliqqa oid huquqbuzarliklarning nazariy va amaliy jihatlari
atroflicha tadqiq etilgan. Maqolaning asosiy diqqat markazida yashirin iqtisodiyotning
tarkibiy qismi hisoblangan soliqdan bo‘yin tovlash mexanizmlari, xususan, tushumni
yashirish, norasmiy bandlik va sun’iy ravishda xarajatlarni oshirish kabi huquqbuzarlik
turlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida soliq huquqbuzarliklarining kelib chiqishiga
sabab bo‘luvchi fundamental omillar — iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvi, soliq
yukining nomutanosibligi va huquqiy savodxonlikning yetishmasligi kabi masalalar
ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada raqamli iqtisodiyot
sharoitida soliq ma’murchiligini takomillashtirish va “aqlli nazorat” tizimlarini joriy
etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mualliflik takliflari ilgari
surilgan. Xulosa qismida soliq intizomini mustahkamlash nafaqat jazo choralarini
kuchaytirish, balki tadbirkorlik sub’ektlari uchun shaffof iqtisodiy muhit yaratish bilan
uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Yangi tahriri. – Toshkent: G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020 (2025-yil 1-yanvardagi
o‘zgarishlar bilan). [Elektron resurs]: URL: https://lex.uz/docs/4674902
2.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida", 24.12.2024-yildagi O‘RQ-1014-son.
3.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "Soliq kodeksining 227-1-moddasini
qo‘llash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida", 30.05.2024-yildagi O‘RQ-928-son.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "Yashirin iqtisodiyotni
qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida", 30.10.2020-yildagi PF-6098-son.
5.Jo‘rayev A.S. va boshqalar. Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik. – Toshkent:
Iqtisod-Moliya, 2023. – 450 b.
6.Ganiyev I.A. Soliq ma’murchiligi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDIU, 2024. – 320 b.
7.Schneider F., Buehn A. Shadow Economy: Estimation Methods, Problems and
Open Questions. – Springer, 2018. – 120 p.
8. Z.T.Ergashev. A.A. G’iyosov . G’.U. Ruziyev . Jismoniy shaxslarni soliqqa
tortish . Nazariya va amaliyot . – Toshkent. ‘’Iqtisod – Moliya’’ , 2022 -420-bet
9. SH. A. Toshmatov , A. A. G’iyosov , S. A. G’iyosov . Soliq nazariyasi va tarixi
.O’quv qo’llanma . – Toshkent . ‘’Iqtisod va Moliya ‘’ , 2022 – 268 b.
10.O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining rasmiy sayti. "Yashirin
iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar" – www.soliq.uz.
11. Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
12. Gazeta.uz – "2025-yildagi soliq o‘zgarishlari sharhi" (2025-yil yanvar soni).