CHAKANA MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SOTISH TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI (“IPOTEKA BANK” ATIB MISOLIDA)
Keywords:
Chakana mahsulotlar, bank xizmatlari, sotuv texnologiyalari, “Ipoteka-bank” ATIB, mijoz ehtiyojlari, innovatsion yondashuv, raqobat muhiti, rivojlanish yo‘llari.Abstract
Mazkur maqolada chakana mahsulotlar va xizmatlarni sotish texnologiyalarini
rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda “Ipoteka
bank” ATIB misolida chakana bank xizmatlarini takomillashtirish yo‘llari, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etishning samaradorlik darajasi yoritilgan. Shuningdek,
chakana mahsulotlar bozoridagi raqobat muhiti va mijoz ehtiyojlariga moslashtirilgan
xizmatlar orqali bankning barqaror rivojlanishini ta’minlash omillari ko‘rsatib o‘tilgan.
Muallif tomonidan bank xizmatlarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, mijozlar
bilan aloqalarni mustahkamlash va sotuv texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqilgan.
References
1.
Omni-kanal xizmatlarni rivojlantirish – filial, mobil ilova, internet-banking
va qo‘ng‘iroq markazlari o‘rtasida yagona tizim yaratish orqali mijozga uzluksiz
xizmat ko‘rsatish.
2.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish – onlayn ariza topshirish, elektron
imzo, masofadan hisob ochish va avtomatlashtirilgan skoring tizimlarini keng qo‘llash.
3.
Mijoz ehtiyojlariga moslashtirilgan mahsulotlar – segmentlarga qarab
maxsus kredit va omonat paketlari ishlab chiqish, shaxsiylashtirilgan takliflar berish.
4.
Kross-sotuv va ap-sotuv strategiyalarini joriy etish – mavjud mijozlarga
qo‘shimcha mahsulot va xizmatlarni taklif qilish orqali sotuv hajmini oshirish.
5.
Xodimlar malakasini oshirish – sotuv texnologiyalari, mijoz bilan muloqot va
raqamli xizmatlar bo‘yicha doimiy treninglar tashkil etish.
6.
Ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish – mijozlar xulqini
tahlil qilish, prognozlash va qaror qabul qilishda “big data” va sun’iy intellektdan
foydalanish.
7.
Mijoz sodiqligi dasturlarini kuchaytirish – chegirmalar, bonuslar va ball
tizimlari orqali uzoq muddatli hamkorlikni rag‘batlantirish.