UYUSHTIRILGAN VA MAJBURIY NIKOH: IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR VA HUQUQIY OQIBATLAR

Authors

  • Xasanova Diloram Xotam qizi. Author

Keywords:

uyushtirilgan nikoh, majburiy nikoh, oilaviy an’ana, gender tengsizligi, oilaviy zo‘ravonlik, shaxs erkinligi, O‘zbekiston qonunchiligi, Markaziy Osiyo, psixologik travma, huquqiy himoya

Abstract

Maqolada uyushtirilgan va majburiy nikoh institutining 
zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning ijtimoiy, madaniy va huquqiy jihatlari tahlil 
qilinadi. Uyushtirilgan nikoh oilaviy an’ana va ijtimoiy bosim natijasida shakllansa, 
majburiy nikoh shaxs erkinligini buzuvchi jinoyat sifatida baholanadi. O‘zbekiston va 
boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi statistik ma’lumotlar, huquqiy hujjatlar 
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, oila qonunchiligi) va xalqaro tajribaga 
asoslanib, ushbu hodisaning salbiy oqibatlari – gender tengsizligi, psixologik 
travmalar, oilaviy zo‘ravonlik va demografik muammolar ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada 
majburiy nikohga qarshi kurashishning huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari, shu 
jumladan, ta’lim, jamoatchilik kampaniyalari va qonunchilikni takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu muammoni hal qilishda davlat, 
fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi zarurligini ta’kidlaydi. 

References

Yechim sifatida huquqiy islohotlar, qizlarga ta’lim berish, jamiyatda

xabardorlikni oshirish va majburiy nikohga qarshi qonunlarni qat’iy amal qilish zarur.

Nikoh faqat erkin rozilik asosida bo‘lishi kerak, chunki majburiyat shaxsiy baxtni

emas, jamiyat rivojini ham to‘sadi.

Published

2025-12-24

How to Cite

UYUSHTIRILGAN VA MAJBURIY NIKOH: IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR VA HUQUQIY OQIBATLAR. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 84(1), 446-454. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/12611