MADANIY MEROSNI SAQLASH HUQUQIY VA IQTISODIY YONDASHUVLAR
Keywords:
madaniy meros,ma’naviy boylik,iqtisodiy yondashuvlar.Abstract
Madaniy merosni saqlash – bu faqat tarixni himoya qilish
emas, balki kelajak avlodga ma’naviy boylikni yetkazishdir. Huquqiy asoslar merosni
muhofaza qilish tartibini mustahkamlaydi, iqtisodiy yondashuvlar esa uning barqaror
rivojlanishini ta’minlaydi. Jamoatchilik ishtiroki esa bu jarayonni yanada kuchaytiradi.
Shu uch yo‘nalish uyg‘unlashganidagina O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi
butunligicha saqlanadi va dunyoga munosib namoyish etiladi.Madaniy meros – bu
xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy boyligi va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi barcha
moddiy va nomoddiy qadriyatlardir. Ularga qadimiy obidalar, milliy urf-odatlar, tillar,
amaliy san’at, adabiyot, me’moriy inshootlar, xalq og‘zaki ijodi, musiqa va boshqa
boyliklar kiradi. Madaniy merosni asrash har bir jamiyatning eng muhim vazifalaridan
biri bo‘lib, u kelajak avlodlarga tarixiy haqiqatni to‘liq yetkazishga xizmat qiladi.
References
1.“Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi
Qonun, 2001.
2. UNESCO. Convention Concerning the Protection of the World Cultural and Natural
Heritage, 1972.
3. UNESCO. Convention for the Safeguarding of the Intangible Cultural Heritage,
2003.
4. Ostonov O. Madaniy merosni boshqarish va saqlashning nazariy asoslari. Toshkent,
2020.
5. Karimov F. O‘zbekiston madaniy merosi va turizm rivoji. Toshkent, 2021.
6. Yangi O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2023.