RADIAL VA O‘Q BO‘YICHA O‘ZGARUVCHI YURISH SIKILLARINI OPTIMALLASHTIRISH ORQALI TASHQI AYLANA SILLIQLASHDA MATERIAL OLIB TASHLANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Tashqi aylana silliqlash, RDB dastgohlar, radial yurish, o‘q bo‘yicha yurish, material olib tashlanish tezligi, optimallashtirish, abraziv g‘ildirak.Abstract
Mazkur ilmiy maqola raqamli dastur bilan boshqariladigan
silliqlash dastgohlarida tashqi aylana silliqlash jarayonining samaradorligini oshirish
masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi radial va o‘q bo‘yicha
o‘zgaruvchi yurish sikllarini optimallashtirish orqali material olib tashlanish tezligi
va jarayon barqarorligini oshirishdan iborat. Silliqlash jarayonining nazariy asoslari
tahlil qilinib, material olib tashlanish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik
parametrlar aniqlangan. Tadqiqot davomida radial chuqurlik va o‘q bo‘yicha yurish
tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan qonuniyatlari ishlab chiqildi hamda RDB
dastgoh sharoitida tajribaviy sinovdan o‘tkazildi. Tajriba natijalari doimiy yurish
sikllari bilan solishtirilib, o‘zgaruvchan yurish rejimlarining ustunligi ilmiy asosda
isbotlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, optimallashtirilgan yurish sikllari material olib
tashlanish samaradorligini 12–18 foizga oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari
mashinasozlik korxonalarida silliqlash jarayonlarini takomillashtirishda amaliy
ahamiyatga ega.
References
1.
О‘rinov .U.A. Mashinasozlik texnologiyasi. – Buxoro: BDTU
nashriyoti, 2017. – 420 b.
2.
Rahimov N.T. Metallarga abraziv ishlov berish asoslari. –
Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 310 b.
3.
Xudoyberdiyev J.M. Raqamli dastur bilan boshqariladigan
dastgohlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. – 280 b.
4.
Abduqodirov A.S. Silliqlash jarayonlarining nazariy asoslari //
Mashinasozlik muammolari. – 2021. – №2. – 45–52-b.
5.
Islomov B.K. Tashqi aylana silliqlashda texnologik
parametrlarni tanlash // Texnika va texnologiyalar rivoji. – 2022. – №4. –
33–39-b.
6.
Karimov S.R. Mashinasozlikda yuqori aniqlikdagi ishlov
berish usullari. – Toshkent: Innovatsiya, 2021. – 295 b.