MAKTABDA BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI DARSLARIDA O'YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Keywords:
o’yin, o’quvchi, stereotip, o’yin texnologiyalari, aqliy jarayon, qobiliyat, didaktik o’yinlar, faollik, mantiq, tasavvur, intelektual, faoliyat, hamkorlik, fikrlash, komponent.Abstract
Bugungi rivojlanib borayotgan olamda yoshlarning dunyoqarashi
va fikrlashi ham tez rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda o’quvchilarga biror-bir yangi
ma’lumotni bilib olish juda oson ya’ni ular texnologiyalar davrida ulg’ayib
borayotganligi sababli komputer, telefon, planshetlardan internet saytlariga kirib yangi
narsalarni juda tez o’rganib olishyapti. Ayniqsa o’yinlar bugungi kunda yoshlar
o’rtasida juda ommalshib boryapti. O’yinlar yordamida yangi ma’lumot olish ularga
hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Shuning uchun ularga maktabda yangi mavzuni
tushuntirish va mustahkamlashda o’yinlar asosiy o’ringa chiqib boryapti. Ushbu
metodik tavsiyada maktab o’quvchilariga ingliz tilini o’rgatishda qanday o’yin
texnologiyalaridan foydalanish kerakligi haqida so’z boradi.
References
O’yinlar chet tili darslarini jonlantiradi, har doim kichik yoshdagi o’uvchilarda
katta qiziqish uyg’otadi. Ular nafaqat tilni qiziqarli tarzda o’lashtirishga xissa qo’shadi
balki diqqatni, xotirani, aql-zakovatni , reaksiyalarni , tezlikni kollektivizmni va estetik
his-tuyg’ularni rivojlantiradi. Shu bilan o’quvchilarga katta zavq bag’ishlaydi.