MIKRO GES GENERATORIGA 10 kVt QUVVAT BERUVCHI POKAKLI SUV G‘ILDIRAGINING NAZARIY ASOSLARI VA ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH
Keywords:
mikro gidroelektr stansiya, pokakli suv g‘ildiragi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, gidravlik quvvat, samaradorlik.Abstract
Mazkur maqolada 10 kVt quvvatli mikro gidroelektr stansiya (mikro
GES) uchun mo‘ljallangan pokakli suv g‘ildiragining nazariy asoslari yoritilgan.
Qayta tiklanuvchi va markazlashmagan energiya manbalariga bo‘lgan talab ortib
borayotgan sharoitda mikro gidroenergetika tizimlari chekka va qishloq hududlarini
elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda pokakli suv
g‘ildiragining asosiy konstruktiv va energetik parametrlarini aniqlash masalalari
ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular gidravlik quvvat, suv sarfi va bosim balandligi asosida
hisoblangan. Past bosim va kichik suv sarfi sharoitlarida pokakli suv g‘ildiragining
afzalliklari tahlil qilingan. Taklif etilgan nazariy yondashuv mikro GESlar uchun suv
g‘ildiragining optimal geometrik va ishchi parametrlarini tanlash imkonini beradi
hamda qurilmaning samarali va barqaror ishlashini ta’minlaydi.
References
Мухаммадиев М.М. Гидроэнергетик қурилмалар. – Тошкент: «Фан ва
технология», 2015. – 260 б. – ISBN 978-9943-390-91-6.
2.
3.
4.
Штеренлихт Д.В. Гидравлика. Книга 2: Учебник. – 1991.
Штеренлихт Д.В. Гидравлика. Книга 1: Учебник. – 1984.
Мамедов Р.А. РАЗРАБОТКА МЕТОДИКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЙ
МОДЕЛИ
МИКРОГЭС ЭФФЕКТИВНО РАБОТАЮЩЕЙ В
НИЗКОНАПОРНЫХ ВОДОТОКАХ // Universum: технические науки :
электрон. научн. журн. 2022. 4(97).
5.
Махкамов Г.У., Хакимов Ж.У. Экспериментальное исследование
МикроГЭС. Определение коеффициента полезного действия водяного колеса //
Вестник машиностроения. – 2023. – Т. 102. – № 10. – С. 841.