ZAMONBOBO KO‘LINING EKOLOGIK HOLATI: BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA ANTROPOGEN BOSIM DARAJASI
Keywords:
Zamonbobo ko‘li, ekologik holat, biologik xilma-xillik, antropogen bosim, suv sifati, Buxoro viloyati, ekologik monitoring, eutrofikatsiyaAbstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyatidagi Zamonbobo ko‘lining
ekologik holati atroflicha o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida ko‘lning suv sifati, biologik
xilma-xillik darajasi, shuningdek antropogen omillar — qishloq xo‘jaligi chiqindilari,
drenaj suvlari ta’siri va dam olish faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan bosimlar tahlil
qilindi. Olingan natijalar asosida suv sifati indekslari, fitoplankton va zooplankton
turlari, baliq populyatsiyasi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar taqdim etildi. Tadqiqot
Buxoro viloyatining iqlim-geografik xususiyati, suv mobilizatsiyasi va ekologik
muvozanatning saqlanishi nuqtai nazaridan muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Natijalar asosida ekologik monitoringni kuchaytirish va cheklovlar joriy etish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologik kodeksi. Toshkent, 2020.
2. Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi statistik ma’lumotlari, 2024.
3. Buxoro viloyati Meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlari, 2025.
4. Buxoro viloyati zamonbobo ko‘lining ekologik holatini gidrokimyoviy
ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash. B.Qobulova, D.Ro‘ziqulova Buxoro davlat texnika
universiteti Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari to‘plami 388-390 bet. 30-31-oktabr 2025 yil, Buxoro.
5. Zamonbobo ko‘li gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarining mintaqadagi boshqa
ko‘llar bilan qiyosiy tahlili. B.Qobulova, D.Ro‘ziqulova Buxoro davlat texnika
universiteti Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni
qo‘llash mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
161-164 bet. 16-17-dekabr 2025 yil, Buxoro.