O‘ZBEKISTONDA SAN‘ATNING O‘RNI
Keywords:
Qadimgi davrlarda Oʻzbekiston hududida yashagan xalqlarning hayoti va e’tiqodlari san’at asarlarida aks etgan. Arxeologik topilmalar, devoriy rasmlar, haykaltaroshlik buyumlari va bezakli idishlar bu hududda san’atning yuksak darajada rivojlanganini ko‘rsatadi.Abstract
Oʻzbekistonda san’atning yuksalishi mamlakatning tarixiy taraqqiyoti, boy
madaniy merosi hamda mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohotlar bilan uzviy
bogʻliqdir. Oʻzbekiston hududida san’at qadim zamonlardan buyon jamiyat hayotining
muhim qismi boʻlib kelgan va har bir davrda oʻziga xos badiiy shakllar orqali namoyon
boʻlgan. San’at xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati va estetik didini shakllantiruvchi
muhim omil sifatida rivojlanib kelmoqda.
References
Bugungi kunda musiqa, teatr va kino san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Maqom
san’ati qayta tiklanib, yoshlar orasida ommalashmoqda. Teatr va kino asarlarida milliy
tarix, bugungi hayot va umuminsoniy qadriyatlar aks ettirilmoqda. Bu esa san’atning
tarbiyaviy
va
ma’naviy
ahamiyatini
yanada
oshirmoqda.
Oʻzbekistonda san’atning yuksalishi yosh avlod tarbiyasi bilan ham chambarchas
bog‘liq. Ta’lim muassasalarida san’at fanlariga e’tibor kuchaytirilib, iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu kelajakda san’atning yanada
rivojlanishiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi