ENDOMETRIT (BACHADON ICHKI QAVATI YALLIG‘LANISHI): SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI
Keywords:
Endometrit, endometriy, yallig‘lanish, bachadon, infektsiya, klinik belgilar, antibiotiklar, reproduktiv salomatlik.Abstract
Ushbu maqolada endometrit, ya’ni bachadon ichki qavati -
endometriyning yallig‘lanishi, uning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va
zamonaviy davolash usullari haqida so‘z yuritiladi. Endometrit ayollar reproduktiv
tizimining keng tarqalgan yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, ko‘pincha
tug‘ruqdan keyingi davrda, abort yoki bachadon bo‘shlig‘iga jarrohlik aralashuvlaridan
so‘ng yuzaga keladi. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarda namoyon bo‘lib, bemorda
tana haroratining ko‘tarilishi, pastki qorin sohasida og‘riq, hayz siklining buzilishi va
ajralmalar bilan kechadi. Endometrit o‘z vaqtida davolanmasa, bepushtlik, homila
tushishi va boshqa jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Maqolada kasallikni
aniqlashda laborator va instrumental tekshiruvlarning ahamiyati, shuningdek
antibiotikoterapiya va reabilitatsiya choralari yoritilgan. Ushbu ilmiy ish tibbiyot
talabalarining ginekologik kasalliklar haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
References
1.Ayupova N.A. Ginekologiya: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: “O‘qituvchi”, 2018.
215-230-betlar.
2. Shamsiev F.S., Karimova M.K. Akusherlik va ginekologiya asoslari.
Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. 178-195-betlar.
3.G‘aniev A.X. Ayollar reproduktiv tizimi kasalliklari. Toshkent: “Yangi asr
avlodi”, 2019. 134-150-betlar.
4.Novikova I.V. Ginekologik infeksiyalar va ularni davolash.
Moskva:
“GEOTAR-Media”, 2017. 92-115-betlar.
5. Savelieva G.M. Akusherlik va ginekologiya (darslik). Moskva: “Meditsina”,
2018. 256-280-betlar.
6.Williams Obstetrics. 25th edition. New York: McGraw-Hill Education, 2018.
Pages 1120-1135.