O’ZBEKISTONDA NORASMIY BANDLARNI RASMIYLASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Norasmiy bandlikning keng tarqalishiga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, ish beruvchilar uchun rasmiy ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq soliq va ijtimoiy to‘lovlar yukining nisbatan yuqoriligi, byurokratik tartib-taomillarning murakkabligi, mehnat shartnomalarini tuzish va yuritish jarayonining ko‘plab hujjatlarni talab qilishi shular jumlasidandir.Abstract
O‘zbekistonda norasmiy bandlik muammosi mehnat bozori barqarorligi, aholi
daromadlari va ijtimoiy himoya tizimining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi
muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalardan biri hisoblanadi. Norasmiy bandlik asosan
mehnat munosabatlarining huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmagan shakllarida
namoyon bo‘lib, bunda ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi munosabatlar amaldagi
mehnat qonunchiligiga muvofiq hujjatlashtirilmaydi. Natijada ishchi ijtimoiy
kafolatlardan, pensiya jamg‘armalaridan va mehnat huquqlarini himoya qilish
mexanizmlaridan mahrum bo‘ladi, davlat esa soliq tushumlari va statistik
ma’lumotlarning to‘liqligini yo‘qotadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonida kichik biznes, xizmat ko‘rsatish sohasi, qishloq xo‘jaligi va qurilish
tarmoqlarida norasmiy bandlikning yuqori ulushi shakllandi.
References
1.
Abdurahmonov Q. X. Mehnat iqtisodiyoti va bandlik nazariyasi. –
Toshkent: «Iqtisodiyot», 2021. – 368 b.
2.
Fields G. S. Labor Markets and Development. – Cambridge: MIT Press,
2022. – 408 p.
3.
Kolosova R. P., Razumova T. O. Ekonomika truda: sovremennye
tendentsii i regulirovanie zanyatosti. – Moskva: Izdatelstvo Moskovskogo universiteta,
2021. – 304 s.
4.
Schneider F., Medina L. The Shadow Economy: Global Size and Trends. – Washington, DC: World Bank Publications, 2021. – 180 p.
5.
Xolmuminov Sh. R., Abdullayev A. M. O‘zbekistonda mehnat bozori va
bandlikni tartibga solish masalalari. – Toshkent: «Fan», 2022. – 240 b.