KIBER-BARDOSHLILIK VA TIZIMLI RISKLAR BOSHQARUVI
Keywords:
Raqamli to‘lovlar, moliya tizimi barqarorligi, pul-kredit siyosati, bank likvidligi, fiskal shaffoflik, kiber-bardoshlilik, tizimli risklar, pul multiplikatori, raqamli transformatsiya, monetar transmissiya.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy moliya tizimi barqarorligini
ta’minlashda raqamli to‘lov tizimlarining tutgan o‘rni va ularning makroiqtisodiy
samaradorligi kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida naqd pulsiz
hisob-kitoblarning pul-kredit siyosati transmissiya mexanizmini kuchaytirish, bank
tizimi likvidligini optimallashtirish hamda iqtisodiyotning fiskal shaffofligini
oshirishdagi roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada raqamli
transformatsiya sharoitida yuzaga keladigan tizimli risklar, xususan, kiber
bardoshlilik masalalari va ularning moliya bozori barqarorligiga ta’siri yoritilgan.
Olingan natijalar asosida milliy to‘lov ekotizimini takomillashtirish va kiber
xavfsizlikni mustahkamlash orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga doir amaliy
takliflar ishlab chiqilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. "To‘lovlar va to‘lov tizimlari
to‘g‘risida"gi O‘RQ-578-sonli Qonuni. 2019-yil 1-noyabr.