BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SAVODXONLIK MUAMMOSI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA PEDAGOGIK YECHIMLAR.
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, savodxonlik, o‘quvchi faoliyati, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik echimlar, metodik uslublar, o‘yinli metodika, differensial ta’lim, raqamli texnologiyalar, ota-ona hamkorligi.Abstract
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida savodxonlik
muammosining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan.
Maqolada savodxonlikning pasayishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar, jumladan,
oilaviy muhitning ta’siri, texnologiyalarning noto‘g‘ri ishlatilishi, ta’lim sifati va
metodik yondashuvlarning kamchiliklari hamda o‘quvchilarning psixologik va
fiziologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, savodxonlikni oshirishda
qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan o‘yinli va interaktiv
metodlar, differensial ta’lim, raqamli vositalardan samarali foydalanish va ota-onalar
bilan uzviy hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilarning
metodik mahoratini oshirish, darslik va o‘quv materiallarini yoshga moslashtirish,
yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish
hamda ta’lim jarayonida nazorat va monitoring tizimini yaxshilash bo‘yicha pedagogik
tavsiyalar taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda savodxonlik
muammosini samarali hal qilish va o‘quv jarayonini sifat jihatidan yaxshilashga
qaratilgan amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.
References
1. Abdullayeva, G. M. (2018). Boshlang‘ich ta’limda savodxonlikni shakllantirish
metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika universiteti nashriyoti.
2. Karimov, S. T. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalarini
rivojlantirish. Toshkent: Fan va texnologiya.
3. Mirzaev, A. B. (2019). O‘yin metodlari yordamida savodxonlikni oshirish.
Pedagogika ilmiy jurnali, 4(2), 45-53.
4. Nazarov, E. R. (2021). Boshlang‘ich ta’limda differensial yondashuv. Samarqand:
Samarqand davlat universiteti nashriyoti.
5. Raxmonova, D. N. (2017). Raqamli texnologiyalar ta’limdagi roli. Toshkent:
O‘zbekiston axborot texnologiyalari.