MATEMATIK MODELLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR ORQALI TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
matematik modellashtirish, kasbiy kompetensiya, talaba, amaliyot, innovatsion ta’lim, tahlil, ilmiy yondashuv, dars jarayoni, kompetensiya-tayanch yondashuv, masala.Abstract
Mazkur maqolada matematik modellashtirishga doir masalalar
orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi tahlil
qilinadi. Matematik modellashtirish nafaqat matematik fikrlashni, balki talabalarning
kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat
qilishi asoslab berilgan. Ushbu jarayonda talabalarda mustaqil fikrlash, ilmiy
asoslangan qarorlar qabul qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlash, turli soha
muammolarini matematik tilga o‘tkazish hamda ularni tahlil qilish, natijalar asosida
xulosalar chiqarish kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik asoslari
hamda metodologik yondashuvlari yoritilgan. Shu bilan birga, matematika darslarida
modellashtirishga doir masalalarni tanlash va ularni amaliyotga yo‘naltirish usullari
ham ko‘rib chiqilgan.
References
. Abduvaliev, Q. Z. Matematik modellashtirish va uning o‘qitishdagi ahamiyati
// O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi axborotnomasi, 2021.
2. Asqarova, S. Y. Ta’limda matematik modellashtirishning innovatsion
yondashuvlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
3. Nazirova, D. S. Zamonaviy ta’lim tizimida kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirishda matematik modellashtirish imkoniyatlari. // Ta’lim taraqqiyoti jurnali,
2022.
4.
Nikolaychuk, N. V. Professional Competence Formation through
Mathematical Modelling. – Journal of Education and Science, 2020.
5.
Murodov, R. R. Modellashtirish asosida kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish. – Innovatsion ta’lim, 2023.