KIMYO FANINI O‘QITISHDA STEM TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLASHNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI
Keywords:
kimyo ta’limi, STEM texnologiyalari, fanlararo integratsiya, innovatsion ta’lim, laboratoriya tajribalari, ijodiy fikrlash, tanqidiy tafakkur, ilmiy izlanish, o‘quvchi faolligi, ta’lim sifati.Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar,
xususan, STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) texnologiyalaridan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kimyo fanini o‘qitishda STEM
yondashuvini joriy etish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan
bog‘lash, fanlararo integratsiyani ta’minlash va ijodiy hamda tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur texnologiyalar kimyoviy
jarayonlarni hayotiy misollar orqali tushuntirish, laboratoriya ishlarini innovatsion
usullar bilan boyitish va o‘quvchilarni ilmiy izlanishlarga jalb etishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda maktab va oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishda STEM
loyihalari, tajriba sinflari, robototexnika elementlari va raqamli platformalardan
foydalanish orqali o‘quvchilarning fanga qiziqishi oshirilmoqda. Shu bilan birga,
STEM texnologiyalari kimyo ta’limining samaradorligini yuksaltirib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Demak, kimyo fanida STEM yondashuvining qo‘llanilishi bugungi kunda ta’lim sifati
va o‘quvchilar bilimini oshirishda strategik ahamiyatga ega.
References
1. Ananiyazova R. STEM ta’limining nazariy asoslari va amaliyoti. – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2022.
2. Karimov S. Kimyo fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar. – Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2021.